Asosiy mavzular
22 may 2017

O‘zbekiston – Osiyodagi eng yirik «yo‘lbars»mi?

“XXI asr” gazetasining (18.05) «Taraqqiyotning yangi modeli yoki «yo‘lbars shiddati»ga shaylanayotgan mamlakat» maqolasidagi iddaoga ko‘ra shunday.

Maqolada Janubiy Koreya, Gonkong, Singapur, Tayvan, Malayziya va Tailand davlatlari o‘z iqtisodiyotidagi jadal o‘sishlar sabab «Osiyo yo‘lbarslari» nomiga sazovor bo‘lgani eslatib o‘tiladi.

Gazetaning “xalqaro ekspertlari” O‘zbekiston “yaqin davrda rivojlanish shiddati bo‘yicha hatto o‘sha mashhur «Osiyo yo‘lbarslari»dan ham o‘tib ketishini sezib turishibdi», deb yozadi maqola mualliflari.

O‘zbekistonning marhum prezidenti “kelajagi buyuk davlat” deya xalqning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib kelganini ko‘pchilik yaxshi xotirlasa kerak.

Ammo oradan 25 yil vaqt o‘tib ham pishak maqomida bo‘lgan O‘zbekiston shundan nariga ko‘tarila olmadi.

Yangi prezident zamonida O‘zbekiston yana «yo‘lbars»likka da'vo qila boshlagan ko‘rinadi.

Amaldagi davlat rahbarining harakatlar strategiyasini ulug‘lash maqsadida qoralangan bu maqoladagi baladparvoz gaplarni o‘qisangiz, aqlingiz shoshadi.

O‘zbekiston qanday shiddat bilan rivojlanayotgan ekanki, uning «yo‘lbars»dan zo‘r bo‘lib ketishi sezilib turilsa?!

Aytish kerakki, muallif keyingi 13 yildan buyon O‘zbekiston iqtisodiyoti 7-8 foizdan o‘sayotgani to‘g‘risidagi balandparvoz raqamlarni, harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida jalb etilishi rejalashtirilgan investitsiyalarni o‘z mulohazalariga asos qilib keltirgan.

Real hayotda esa, bu «o‘sish» O‘zbekistonning na iqtisodiyotida, na aholi turmush tarzida o‘z aksini topayotganini ko‘rmaymiz, faqat xo‘jayinning silashiga ishtiyoqmand pishaklarning atrofda yana miyovlay boshlaganini sezish mumkin.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 mart 2019
Qozog‘istonni 30 yil boshqargan 79 yashar prezident Nursulton Nazarboev 19 mart kuni o‘z lavozimidan iste'foga chiqqani haqida bayonot berdi. ...
21 iyun 2022
Eltuz tahririyati shu yilning 23 fevral kuni e'lon qilingan “Allamjonov 4.2 mln $ tillani chegaradan qanday olib o‘tdi?” sarlavhali ...
18 may 2016
Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalardan birining bog‘cha opalari bugun yengil tin olishdi. Axir bir oy qurt boqishni o‘zi bo‘ladimi? Erta tongda ...
27 iyul 2016
Bugun Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilayotgan “xontaxta” filmlarining chuchmal qaxramonlari odamni zada qilar ekan, o‘tgan asr kinoekranlarini to‘ldirgan jiddiy san'atkorlar ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...