Catira
19 dekabr 2017

«Abu Saxiy» nomini o‘zgartirdi: kuchlisi zaifini yengdimi?

Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozori peshtoqidagi yozuv “Toshkent ipak yo‘li” deya o‘zgartirildi. Bu o‘zgarish jarayonini Toshkentdagi “Eltuz” muxbiri fotosuratga oldi.

«Abu Saxiy» bozori peshtoqidagi yozuv o‘zgartirilmoqda

Bojxona “yashil chirog‘i yoqib qo‘yilgan” “Abu Saxiy” o‘tgan yili o‘lgan prezidentning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva va uning eri Temur Tillaevga qarashli ekani aytib kelinadi.

Temur Tillaevning “xususiy savdo imperiyasi” deya nom olgan, ko‘p milliardli daromadlar manbai “Abu Saxiy” bozorining kimga o‘tgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov olamdan o‘tganidan keyin “Abu Saxiy” bozori moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish boshlangan edi.

Tekshiruv go‘yoki aholi e'tirozlari asosida tashkil qilingani haqida “Eltuz»da ma'lumot bor.

Natijada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda chet el valyutasidan noqonuniy foydalanish epizodlari aniqlangani aytiladi.

Bu “tekshiruvlar” aslida “Abu Saxiy” bozorini Shavkat Mirziyoevning kuyovlariga o‘tkazish maqsadida qilingani haqida iddaolar ham mavjud.

Temur Tillaev Toshkentni Islom Karimovning vafoti rasman e'lon qilinishidan avval tark etgandi.

O‘zbekistondagi barcha daromadli biznes, xususan, “Abu Saxiy” o‘zlashtirib olingani «Eltuz» bilan suhbatlashgan mahalliy tadbirkor ta'birida «tabiiy jarayon»dir.

«O‘zbekiston biznes olami xuddi Afrika junglisiga o‘xshaydi. Kuchli hayvon zaifni yeydi. Shoqollarga esa ichak-chavoqlar ham yetadi», – deydi tadbirkor.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2021
Taniqli shoir Bahrom Ro‘zimuhammad 60 yoshda Bahrom aka indamaygina oltmishga kiribdi. Botinan qaralganda, unday emas. Bahrom aka indamaygina oltmishga ...
12 aprel 2018
PosterUz
5 iyun 2020
Oh yoz, qanday soz! Mana, o‘lmagan qul siz bilan yana bir yozning boshida gaplashib turibmiz. Ëzni yaxshi ko‘raman. Shu ...
19 aprel 2018
Do‘ppido‘z chevar Hamida Yunusova 25 yildan buyon do‘ppi tikadi. Bu hunar unga oilaviy an'ana bo‘lib, juvon do‘ppi tikishni opalaridan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...