Video
9 yanvar 2018

Do‘ppi fleshmobi o‘zbeklar obro‘sini tiklaydimi? (videoblog)

6 yanvardan instagram va feysbuk sahifalarida stixiyali tarzda o‘zbeklar do‘ppi fleshmobini boshlashdi. Unga tarmoqda boshqa millatlar ham qo‘shilishdi.

Zardo‘ziyu duxoba, qog‘oz do‘ppiyu kigiz do‘ppilar namoyish etilmoqda. Kimdir qalpoq, kimdir papoq, yana kimdir cho‘girma kiydi.

Shoir Erkin Vohidning «Qayga borsam, boshda do‘ppim, g‘oz yurarman gerdayib» degan mashhur satrlari shu kunlarda har doimgidan ko‘proq takrorlandi.

Hatto prezident Mirziyoev ham o‘z chiqishida bu so‘zlarini takrorlab, «Kim bu so‘zlarni o‘sha paytda ayta olardi? Erkin Vohidov aytgan! Qani bizda shunday yozuvchilar?» degan ritorik savolni qo‘ydi.

Shoirning ayni satrlariga javoban 1988 yili Muhammad Solih «boshdagi do‘ppi bilan faxrlanishning o‘rniga do‘ppini boshdan olib yerga qo‘yib, millat sifatida “men kimman” deb o‘ylanish fursati keldi, degan edi.

Muhammad Solihning 30 yil burungi so‘zlari o‘zbeklar nomi xalqaro terror, jinsiy tajovuz yoki korruptsiyaga oid yirik jinoyat figurantlariga nisbatan qo‘llanilayotgan damda, ayniqsa, dolzarb va achchiq yangramoqda.

Bugun chindan ham do‘ppi kiyib, o‘zbekligimizdan gerdayishdan ko‘ra, uni boshdan olib, uzoqroq surib qo‘ygan xavfsizroq emasmi?

Bu fleshmob menga ko‘pincha jurnalistlarga nisbatan ishlatiladigan «shlyapangizni kiying!» degan eski ingliz iborasini eslatadi.

Qalpog‘ingizni kiying. Ya'ni kim ekaningizni bildiring.

Rahmatlik dadam, jurnalist Rajabboy Bobojonov shlyapa kiygan. Uyimizda hamisha to‘rt faslga mo‘ljallangan har xil shlyapalar bo‘lardi.

Keng soyabonli, yengil shlyapa, Xorazm iqlimiga mos. Jurnalistni ham quyoshdan, ham o‘sha paytdagi har xil avtoritetlar ta'siridan to‘sadi. Bundan tashqari, shlyapa hokimiyat timsoli edi.

Do‘ppi esa ayni paytda qaysidir oddiy xalqqa mansublik ramzi edi.

Ehtimol, shuning uchun ham bugun har bir o‘zbek do‘ppisini boshiga qo‘ndirib, uning ostida kechayotgan fikrlari, g‘oyalari, maqsadlarini bir taroziga solib ko‘rishi o‘rinliroqdir?

Marhamat qilib do‘ppingizni kiying!

Videoblog: https://youtu.be/CZirHOnRDUI

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 yanvar 2017
Prezident Mirziyov 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisda Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovni tikka turg‘azib qo‘yib moliya tizimidagi kamchiliklarni ...
26 may 2023
«Kel, hayot ajdarxosiga yem bo‘lishdan oldin bir selfi qilaylik!» – Yarim million bola o‘qishni bitirdi. Ularni nima kutmoqda? Bu ...
4 mart 2022
Bugun @eltuz O‘zbekiston Davlat Bojxona Qo‘mitasi rahbariyati ishi yuzasidan surishtiruv olib borilayotgani haqida xabar bergan edi. Surishtiruvlar  nihoyalab qolgan ...
25 fevral 2022
Qadrdonlarim bormisiz? Omonmisiz? O‘tgan xafta kasal bo‘lganlar bugun tuzalganidan¸ o‘tkan hafta puli yo‘qlar bugun boyib bitib ketganidan xursandman. Bugun ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...