Asosiy mavzular
13 aprel 2018

Amir Temur ulug‘mi yoki Gagarin?

Yaqin tanishimning qizi rus maktabida o‘qiydi. O‘zbek maktablarida ta'lim berish sifati pastligi bois farzandini shu maktabga bergan. Shunday bo‘lsa-da, milliylikka intilishi kuchli. Bolalarini ham shunday ruhda tarbiyalashga harakat qiladi.

Kecha bir gurunglashib qoldik. Gap aylanib maktab mavzusiga keldi. Tanishim ancha tutoqdi. Sababi esa yana o‘sha – millatning o‘z qadrini bilishiga borib taqaldi. Rus maktabida Amir Temur qolib, Gagaringa urg‘u ko‘proq berilgani unga yoqmabdi.

9 aprel kuni Amir Temur tavalludi O‘zbekistonda keng miqyosda nishonlandi. Ilgari bu miqyos ancha torroq edi. 12 aprel kuni esa Gagarin fazoga parvoz qilib, Yerni koinotdan turib kuzatgan ilk inson bo‘lgani sanasi. Nishonlashga arziydigan sana.

Lekin tanishimni kuyintirgan masala boshqa. Ma'lum bo‘lishicha, uning qizi o‘qiydigan maktabda Amir Temurning tavalludi deyarli nishonlanmabdi. Har holda qizi o‘qiydigan birinchi sinfda bu haqda hech gap bo‘lmabdi.

Ammo Gagarinning fazoga parvozi sanasiga alohida tayyorgarlik ko‘rilibdi. Kimlardir bu haqda she'rlar yodlabdi, alohida tadbirlar o‘tkazilibdi.

Qizidan Amir temur haqida so‘rasa, hech narsa bilmabdi. Gagarin to‘g‘risida esa rosa chuldirabdi.

“Nega rus maktablarida Amir Temur eslanmadi, lekin Gagarinning koinotga sanasi hech kimning esidan chiqmadi?” deya kuyindi tanishim.

Haqiqatan ham, bosh qotirsa arziydigan mavzu. Biz insoniyatning fazoni o‘zlashtirish tarixida chuqur iz qoldirgan Gagarinning jasoratini eslamaslik kerak, degan fikrdan yiroqmiz.

Bu olamshumul voqea, istaymizmi-yo‘qmi, baribir o‘zining tarixiy qiymatini yo‘qotmaydi.

Bu mulohazalarimiz aslo Kosmonavtika kunini nishonlamaslik kerak, degan xulosaga olib kelmasligi kerak.

Lekin O‘zbekistondagi, ha, O‘zbekistondagi rus maktablarida Amir Temur Gagarinchalik qadr topmasligiga ko‘nish qiyinroq.

Zero, millatning g‘ururiga poydevor bo‘ladigan buyuk sarkardaning qadri o‘z xalqi tomonidan o‘rniga qo‘yilmas ekan, bu xalq boshqalarning izniga moyil bo‘lib qolaverishini unutmaylik.

Bahodir Sharif
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2019
Shvetsiyada terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilingan olti nafar o‘zbek ustidan sud 7 yanvar kuni ertalab Ctokgolm okgrug ...
18 yanvar 2019
O‘zbek matbuoti Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Sherali Salomov yig‘ilishda fermer Orif Durmatovni kaltaklagani va shu yilning 9 yanvarida ...
5 yanvar 2021
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 49-umumta'lim maktabi o‘quvchilari mutlaqo sharoiti yo‘q eski dala shiyponida o‘qishmoqda. Bu haqda bo‘kalik fermer va faol ...
14 iyun 2023
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 14 iyun kuni soat 9:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Astrobod” ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...