Catira
24 aprel 2018

«Men sevaman, sen sevasanmu?»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan 24 aprel kuni Xorazm viloyatida minglab talaba va o‘quvchi ko‘chalarga chiqarilib, ertalabdan kechgacha yo‘l yoqasida turishga majbur etildi.

«Berdimuhamedovning Urganchga tashrifi xuddi Turkmanistondagi kabi shaxsga sig‘inish – «Alya, Orqadog‘!» usulida o‘tyapti. Biror soya-salqin joy yo‘q. Ayrim qizlar hushidan ketib ham qolishyapti», dedi «Eltuz» bilan suhbatlashgan talaba.

Shuningdek, uning «Eltuz»ga bildirishicha, bir kun oldin Berdimuhamedovning kelishi munosabati bilan Urganch shahriga kiradigan barcha yo‘llar berkitilgan. Ular shu kuni uylariga keta olmay, tanishlarinikida qolishga majbur bo‘lishgan.

Kollejda o‘qiydigan barcha qizlarga guldor adrasdan tikilgan bir xil kuylaklar kiydirishgan va ular bir hafta davomida prezident qarshisiga peshvoz chiqishga tayyorgarlik ko‘rishgan.

Bir kun oldin mamlakat poytaxtida ham talabalar va o‘quvchilar prezident korteji o‘tadigan yo‘llarga ikki davlat bayroqchalarini ushlagan holda saflanishgan edi.

Turkman Orqadog‘i sharafiga Toshkentda alohida yoshlar sayilgohi ham ochilgan edi.

Yangi hajviy suratida rassom Tuz sevgili yori bugun uni emas, turkman prezidentini sevishi kerak bo‘lgan xorazmlik yigitning ahvolini aks ettirdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 aprel 2018
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati sobiq raisi, Xorazm viloyati hokimi 59 yoshli Ilgizar Sobirov “salomatligi yomonlashgani bois o‘z arizasiga ko‘ra” ...
16 oktyabr 2018
Urganch tumani hokimi Otabek Bekchonov 15 oktyabr kuni ishdan olindi. Uning ishini hozirgi paytda hokimlik mulozimi Qudrat Rajabov vaqtincha ...
26 aprel 2021
Davlatning ko‘p yillik zulmi sezilarli ortga chekingandan so‘ng ko‘plab o‘zbeklar internetda islom dinini qat'iyroq talqin qilishmoqda. Ba'zi ekspertlarning ta'kidlashicha, ...
3 oktyabr 2016
O‘zbekiston telekanallari sentyabr oyini yig‘i-sig‘i bilan boshlab, bayramona kayfiyatda tugatdi. Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan sovet davriga xos ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...