UzPoster
8 sentyabr 2018

O‘zbek palovi eng zo‘r ko‘cha ovqati o‘ntaligiga kirdi

Britaniyaning «Gardian» (the Gardian) gazetasi dunyodagi eng yaxshi ko‘cha ovqatlari ro‘yxatini e'lon qildi. Gazetxonlarning gastronomik ta'biga ko‘ra, o‘zbek palovi ro‘yxatdagi o‘ntalikdan o‘rin olgan. Maqolada O‘zbekistonga sayohat qilgan Robning fikri keltiriladi:

«O‘zbekistonning qaerida bo‘lmang, palov pishayotgan ulkan qozon uzoqda emasday tuyuladi. Uni ochiq olov ustida pishirishadi. Asosiy masalliqlari guruch, go‘sht va sabzavot. Mening sevadiganim to‘y paloviga tag‘in no‘xat bilan kishmish qo‘shiladi. Toshkentning bozorida adashib yurganimizda, uzun o‘rindiqda tushlikka o‘tirgan bir guruh ishchilar ulkan likobchaga suzilgan shunday forsiy taomdan tatib ko‘rishni taklif etishdi. Mehmondo‘st mamlakatning ajoyib o‘rnagi».

Tag‘in o‘qing
29 avgust 2022
Muhammad Solih bilan kechgan suhbatning 4-qismi she'riyat haqida. Biroq u yoshligida rassom bo‘lishni orzu qilganini aytadi. Shuningdek u maddohlik ...
1 iyun 2021
Qashqadaryolik o‘qituvchilar viloyat hokimi topshirig‘i bilan har kuni majburiy marafonda qatnashayotganidan shikoyat qilishmoqda. Koson tumani maktablaridan birida o‘qituvchilik qiluvchi ...
31 mart 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Sirdaryo, Xorazm, Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi ayni soatlarda ham davom etmoqda, tizimni unumli ta'minlash uchun kanalimizga obuna bo‘lish, layk ...
12 sentyabr 2019
O‘zining “Amerika kasalligi” bilan og‘riganini tan olgan amaldor xalqni ko‘p go‘sht yeb qo‘yayotganlikda, buning natijasida go‘sht narxi ko‘tarilib ketayotganlikda ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...