Catira
2 noyabr 2018

Buxoroda rasmiylar Jirinovskiyni quchoq ochib kutib olishdi

Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2 noyabr kuni Buxoroga keldi.

Rossiya Davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiyani, O‘zA xabariga ko‘ra, Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston parlamenti raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoevlar kutib olishdi.

Jirinovskiy Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyaga qo‘shilishi tarafdori ekanini o‘z bayonotlarida ochiq shaklda bildirib kelgan rus millatchisi sifatida tanilgan.

Uning O‘zbekistonga kelishi ochiqlangach, «Erk» demokratik partiyasi bayonot tarqatib, Prezident Shavkat Mirziyoevdan Jirinovskiyning O‘zbekistonga «qilishi mumkin bo‘lgan har qanday safarini» taqiqlashga chaqirgan edi.

Ayni paytda Jirinovskiyning O‘zbekistonga kelishi boshqa o‘zbek faollari g‘azabini ham kuchaytirdi. 

«Jirinovskiy doim o‘zbeklarni, turkiylarni, musulmonlarni haqoratlab, nizo va fitna keltiradigan bir radikalchi bo‘lsa, unga qanaqasiga, yurtimizga kelishiga ruxsat berildi?» deya yozdi o‘z murojaatida o‘zbek tahlilchisi Anvar Nazir.

Tarmoqda Jirinovskiyni «norozilik namoyishi bilan kutib olish» chaqiriqlari yangradi.

«Qani Buxoro, Samarqand, Toshkent, Anjon, mard o‘g‘lonlar bormi? Jirik kelishiga qarshi tinch namoyishga chiqishga duxi yetadigan o‘zbek bormi 33 million xalq ichida?» deya yozdi Elsevar O’zbek niki ostidagi feysbuk yuzeri.

«Qiziq, bizning qancha mulozimlarimiz, Jirinovskiyning yumshoq va iliq qo‘llarini olishga chiqisharkan))) jurnalistlardanch fotolarini kutamiz)» deya yozdi feysbuk blogeri Nailya Rahman‎.

Vladimir Jirinovskiyning Buxoroga safari LDPR liderining O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifidir.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 iyul 2018
Poytaxtning Olmazor tumani sudida 51 yoshli tadbirkor, “Integral Invest” shirkati rahbari Jahongir Umarov ustidan mahkama 23 iyul kuni ham ...
11 oktyabr 2018
Moskvaning Tver tumani sudi 24 oktyabrda Islom Karimovning birinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li 52 yashar Pyotr Karimovning «O‘zbekiston havo yo‘llari» ...
1 dekabr 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi (30.11) shu nomdagi partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodovning saylovoldi uchrashuvlari yakuniga bag‘ishlangan kattagina ...
5 oktyabr 2023
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik imperiya – Buyuk Britaniya, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...