Ko‘zqarash
14 mart 2019

Gerostrat sindromi

Juda g‘alati ishlar bo‘lyaptiki, na jim turib bo‘ladi va na gapirib. Ammo “qilingan ishdan pushaymon qilinmagan ishdan pushaymondan yaxshiroq”, degan falsafamga amal qilib, baribir gapirishga qaror qildim.

Kecha diniy tuyg‘ularimiz orqali bizni qanday oson ko‘tarish mumkinligi ustida bir tajriba juda muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Xudda shunday tajribalar milliylik, mahalliychilik va boshqa tuyg‘ularimiz orqali ham muntazam o‘tkazib kelinadi.

Nega?

Chunki biz o‘zimiz shunga moyilmiz. Oddiy ma'rifatga chaqiruvni ham milliy, ma'naviy, o‘zlik va hokazo bir nimalarga burib xayp qilaveramiz. Nima qilsak ham tilga tushsak bo‘ldi. Gerostrat sindromi.

Mana, “Ishonch” gazetasi buni boplabdi. Bir vazir til o‘rgan desa, bu milliylikni unga qarshi qo‘yib o‘tiribdi.

“G‘ayri tilini sa'y qiling bilgali yoshlar, til vositai robitai olamiyondir”, degan Avaz O‘targa yoki “Ikki emas, to‘rt til lozim”, degan Behbudiyga ham “ochiq xat” yozinglar endi.

Men tarafkashlik qilmoqchi emasman-u, ammo odamning yaxshi niyatini, maqsadini bilib turib, atay qiyshiqqa burish va bunda tuyg‘ularga o‘ynash odatimizdan juda jahlim chiqyapti. Bu “ochiq xat”ni ziyolilar, men hurmat qilgan insonlar ham ulashib boshlaganidan yanada afsusdaman.

Urho-urdan charchamadinglarmi?

Charchasanglar, Prezidentning mana bu qarorini yaxshilab o‘qib chiqinglar. Undagi: “Prezident maktablarida ta'lim jarayoni xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi”, degan joyini qayta-qayta o‘qinglar. Bu shunaqa formatdagi maktab. Gap tamom shu yerda!

Baqiroq millatparvarlik zamoni huuv 90-yillarda qolib ketgani, hozir mushohadali millatparvarlik davri kelganini allaqachon anglashimiz kerak.

P.S. Fanlar o‘zbek tilida chuqur o‘rgatiladigan IDUMlar mamlakatimizda ko‘p. Mirzo Ulug‘bek nomidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktab, masalan. Qancha gimnaziyalar bor. O‘shalarga kirib o‘qish ham mumkin.

Bloger Shahnozaxon
@shahnozxon

Tag‘in o‘qing
10 yanvar 2016
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 6 yanvar kuni Jizzax shahridagi “Umid A” fermer xo‘jaligi raxbari Alijon Kamolov o‘zini avvaliga militsiya xodimi ...
26 yanvar 2024
May ichsang, oqilu dono bilan ich, Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich. Oz-oz ich, goh-goh ich, yo yashirin ...
4 iyun 2018
O‘zbekistonning 90 foiz bozorini egallagan qo‘shma korxona shaklidagi “O‘zBAT” aktsiyadorlik jamiyati 2017 yil yakunlari bo‘yicha 1 trillion so‘mdan ortiq ...
25 iyul 2016
Bolaligimda dadam ro‘zg‘or ishlarini yengillatuvchi, dehqonchilik va bog‘dorchilikda asqotuvchi buyumlarni ko‘tarib keladigan kishi edi. Har safar uyda janjal dadam ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...