Asosiy mavzular
27 mart 2019

Asanov formati: Xorazm lazgisi ko‘plar o‘ylagandek qadimiy emas

Tarixchilarimiz o‘tmish qadriyatlarini mumkin qadar qadimiylashtirishni yaxshi ko‘rishi sir emas. Qadimiylik, ming yillar haqidagi ta'kidlarni o‘ylamay, hech bir faktsiz keltirishlarga ko‘p bora guvoh bo‘lganman. Xorazm lazgisi ana shunday «qadimiylashtirish» qurbonidir.

Ba'zi tadqiqotchilar lazgini hatto uch ming yillik san'at deb yuborganiga guvoh bo‘lganman. Aslida-chi?

Aslida lazgi xonlik davrida ishlab chiqilgan. Nomidan ham ma'lumki, u Kavkaz xalqlari raqsi – lezginkaga taqlidan yaratilgan.

Lazgilar (bugun ruslashgan «lezgin» shakli ishlatiladi) – Kavkazning eng yirik xalqlaridan. O‘tgan asrlarda lazgi deganda nafaqat bugungi lazgilar (kyureli xalqi), balki ularga qardosh boshqa mayda xalqlar ham tushunilgan.

XVII-XIX asrlarda Xiva va Buxoroga guruh-guruh bo‘lib lazgilar ko‘chib kelgan. Masalan, Buxoroda 1820-yillarda 2-4 ming lazgi yashagan. Ularning asosiy qismi poytaxt shaharlarda o‘rnashgan.

Lazgilar to‘y va bayramlarida milliy kuylarini ijro etib, raqsga tushishgan. Ayniqsa, sekin boshlanib, tezlashib ketadigan musiqa (bugungi lezginka) mashhur bo‘lgan.

XIX asr ikkinchi yarmida ancha faollashgan xorazmlik musiqachilar mana shu musiqa bilan tanishib, uning modeli asosida o‘zbek lazgisini yaratishgan.

Bugungi kunda lazgi nafaqat Xorazmda, balki butun O‘zbekistonda sevimli to‘y musiqasi hisoblanadi. Ko‘rib turganingizdek, xalq mehrini qozonish va an'ana tusiga kirish uchun juda qadimiy bo‘lish shartmas.

P.S: Lazgi haqidagi postimni qabul qilolmay, shaxsiyda norozilik bildirayotgan akalar!

Lazgi XIX asrda paydo bo‘lganiga men aybdormasman. Bu fakt sizga juda yoqmasa, uch ming yil oldinga qaytib, lazgini boshqatdan yaratib keling. Men bu masalada sizga hech qanday yordam berolmayman.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
10 aprel 2021
8 aprel kuni Effekt.uz jurnalisti Elyor Tojiboev Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB mulozimlari tomonidan o‘zi yashaydigan xonadondan majburan olib ketildi. ...
26 fevral 2021
Yil o‘tub, yillar o‘tub tobora loyg‘a botamiz, Iblisning suprasinda vahdat mayini totamiz. Onamiz, balki gumroh, balki so‘qirdir otamiz, Ko‘r ...
17 sentyabr 2020
O‘zbekistonda 2021 yildan bojxona xodimlarining farzandlari tavsiyanoma bilan oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qishga tanlovsiz qabul qilinishi mumkin. Vazirlar ...
14 fevral 2019
12 fevral kuni tarmoqda Sankt-Peterburgda qor kurayotgan o‘zbeklar videosi tarqaldi. «Pul topish juda oson. Qorlarning tagidan pul chiqadi. Necha ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...