Ko‘zqarash
27 mart 2019

Prezident xalqdan nega himoyalanishi kerak?

Rasmdagi ayol Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd. Myunxendagi konferentsiyada odamlar orasida o‘tirganida uni tanishmadiyam. U majlis zalida el qatori oddiy o‘rindiqda o‘tirardi.

Munozaralar paytida qo‘l ko‘tarib, savol bermoqchi bo‘ldi. Majlis moderatori unga qarab o‘zingizni tanishtiring, dedi. Bu zarifa ayol o‘rnidan turib «Men Estoniya prezidentiman», dedi. Zalni yengil tabassum qopladi.

Bo‘lar ekan-ku devday tansoqchilaru shotirlarsiz yursa ham. Bir paytlar O‘zbekiston ham Estoniya ham bitta davlat a'zosi edik. SSSRdagi 15 respublikadan biri edik. Bugun Estoniya Yevropa Ittifoqi a'zosi va shengen tarkibida.

Lekin estonlar sovet davrida mustaqillik uchun faol kurashgan edi. Balki niyati yo‘ldosh bo‘lib shu kunlarga yetdimikin? Mayli, men uchun bu ayol eng go‘zal siyosatchi va nafosatu zakovat tajassumi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 may 2017
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi sayti, Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining nomi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish ...
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
14 dekabr 2018
Mashhur o‘zbek satira ustasi, aktyor Obid Asomov 14 dekabr kuni Toshkent shahrida 55 yoshida olamdan o‘tdi. Bir necha kun ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...