Ko‘zqarash
22 aprel 2019

Qadimgi turklarning brahmi yozuvi

Qadimgi turkiy tilning ikkita asosiy alifbosi bor — O‘rxun-Yenisey (ko‘kturk, runik) yozuvi hamda uyg‘ur alifbosi. Bizgacha yetib kelgan matnlarning mutlaq ko‘pchiligi mana shu ikki alifboda yozilgan.

Ammo qadimgi turkiy til uchun boshqa yozuvlar ham ishlatilgan. Parfyan, so‘g‘d, estrangelo (suryoniychaning nestorian-diofizitlar ishlatgan varianti) alifbolari shular jumlasidandir.

Turk tilli matnlarda eng kam qo‘llangan va shu bois eng noyob hisoblanadigan yozuv esa brahmidir. Brahmi qadimgi hind yozuvlaridan biri bo‘lib, undan budda diniga e'tiqod qiluvchilar foydalangan.

Brahmi alifbosi yordamida yozilgan turkcha manbalarni topish nihoyatda qiyinligi barobarida ular bo‘yicha tadqiqotlar ham deyarli yo‘q. Bir-ikkita maqolani aytmasa. Buni qarangki, olis Kalgarida (https://en.wikipedia.org/wiki/Calgary) 1981 yili brahmi yozuvi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasi himoya qilingan ekan. Shu dissertatsiyaning 84–121-betlari qadimgi turkiy til uchun ishlatilgan brahmi yozuviga bag‘ishlanadi. O‘zbekiston, Qozog‘iston yoki Turkiya qolib, olis Kanadada shu mavzuni kimdir o‘rgangani diqqatga sazovor.

Xullas, qiziquvchilar bo‘lsa, va albatta, ingliz tilidan muammo bo‘lmasa, o‘zbek tili tarixining deyarli noma'lum bir jihati yoritilgan sifatli ilmiy ish bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin. Tezisda O‘rta Osiyoning boshqa qadimgi tillari, jumladan, tohar va xo‘tan-sak tillari haqida ham ma'lumotlar bor.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
23 mart 2021
Turkmaniston hukumati karantin qoidalari sabab o‘z talabalarini mamlakat hududiga kiritmayapti. Talabalar chegara punktida qolib ketgan va bir necha kundirki, ...
8 avgust 2022
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tanilgan 44 yashar pop qo‘shiqchi va siyosiy faol Jahongir Otajonovning Turkiyadagi shaxsiy mashinasi o‘g‘irlab ketildi. ...
14 noyabr 2016
Yaqin bir necha oylar avval, mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytimizda, hali «buyuk yo‘lboshchi» tirik ekanida gazetalarimiz «biz buyuk o‘zgarishlar ...
18 yanvar 2019
Turk yozuvchisi Aziz Nesin va rus yozuvchisi Anton Chexovga taqlidan va bo‘lgan voqeaga asoslanib yozilgan «hikoya» Bu hikoya yana ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...