Asosiy mavzular
19 dekabr 2019

«Nimani, kimni saylashimizning farqi yo‘q! Svet o‘chmasa bo‘ldi…”

O‘zbekistonda aholi o‘rtasida 22 dekabr kuniga belgilangan saylov shaffof, xolis va adolatli o‘tishiga ishonch ancha sustligini kuzatish mumkin.

Bosh prokuratura akademiyasi dotsenti Gulchehra Malikovaning O‘zbekistonda saylovlarni bahorga ko‘chirish taklifi yuzasidan bildirilgan fikrlardagi istehzolar shundan darak beradi. 

“Saylovlar o‘tadigan qish kunlarida uzoq tumanlardagi saylovchilar va saylov uchastkasidagi xodimlar ahvolini tasavvur qiling. Ular saylov kampaniyasi boshlanganidan boshlab 40 kun shu uchastkada bo‘lishi kerak…

…O‘zbekistonda saylovlar ob-havoning issiqroq kunlariga ko‘chirilishi kerak. Shu bilan saylovchilar ham, saylov jarayonlaridagi mas'ullar ham qiynalishmasdi”, dedi dotsent.

U saylovlarni aprel oyida yoki Navro‘z bayrami kunlarida o‘tkazishni taklif etib, “bunday paytda ob-havo yaxshi, odamlarda ham bayram kayfiyati hukm surishini” qo‘shimcha qiladi. 

“Kun.uz” saytida ushbu xabar ostida qoldirilgan izohlar nafaqat bo‘lajak saylovga ishonchsizlikni, balki jamiyatdagi muammolar yuzasidan odamlarning kayfiyatini ham ko‘rsatib beradi. 

“Odamlar kelmay qolishi mumkin, deyilibdi. Buning kimga qizig‘i bor? Saylovga odamlarning yarmi kelmasa ham ertasi kuni “Axborot”da e'lon kilishadi “Saylov ko‘tarinki ruhda o‘tdi, qatnashuvchilar soni 99,99% bo‘ldi”, deb. Shuning uchun saylov -40 C da o‘tsa ham natijasi oldindan ma'lum”, deydi Karimov Alijon ismli foydalanuvchi.

Eshonov Bahodir ismli yuzer esa “Umuman bo‘lmasa ham xafa bo‘lmaymiz. Saylov boshlanmasdan turib deputatlarning bergan intervyusining birortasi xalqqa yoqmadi. Bittasi chiqib ko‘p go‘sht yeyabmiz deydi, bittasi 2,5 million (yaxshi yashashga) yetadi deydi”, deb yozdi. 

Zohidjon Abdujalil o’g’li qoldirgan izohda esa “Nimani, kimni saylashimizning farqi yo‘q! Svet o‘chmasa bo‘ldi…”, deyiladi va bugun mamlakatda eng og‘riqli bo‘lgan elektr energiyasi ta'minotiga e'tibor qaratiladi. 

Umuman, izohlarning katta qismida saylov bahona qish faslida juda keskinlashadigan gaz va elektr ta'minoti muammosi biroz yengillashishi masalasi birinchi planga chiqqan. 

Ortiqboev Zohidning “Iloji bo‘lsa, noyabr oyidan mart oyigacha ikki haftada bir marta har xil saylov o‘tkazaylik. Kim, qanaqa saylov ekanining ahamiyati yo‘q. Asosiysi, gaz-svet o‘chmaydi”, degan izohi ko‘pchilikning fikrini ifodalaydi. 

Bunga jo‘r bo‘lgan Zohidjon Abdujalil o’g’li yana bir izohida “Men saylovni tashkil qilganlarga, o‘tkazayotganlarga o‘zim va oilamiz nomidan rahmat aytmoqchiman! Saylov tashviqotlari boshlangandan beri, chet eldan kuzatuvchilar kelgandan buyon bizda svet o‘chmayapti. Yashasin saylov! Elektrchilar turli bahonalar ham qilishmayapti, limit ham tugamayapti, podstantsiyalar ham yonib ketmayapti, avariya ham bo‘lmayapti. Qoyil, saylovning kuchini qarang”, deya istehzo qildi.

Garchi yuqoridagi fikrlar sanoqli odamlar tomonidan bildirilayotganiga qaramay, ular aholining aksariyat faol qismida saylovga nisbatan jiddiy qarashdan asar ham yo‘qligining bir nishonasidek ko‘rinadi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 dekabr 2020
Rassom Elsevar karikaturasi. eltuz.com
17 dekabr 2022
«Eltuz» portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Surxondaryodan Bandixonning qaltis ko‘prigi “Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Paxtakor ...
25 fevral 2022
Chegaradan 40 km uzoqlikdagi Xarkov shahrining ham olinmaganligi rus armiyasining ahvoli ChATOQLIGINING isbotidir. Xabarlarga qaraganda, rus armiyasi Xarkov shahri ...
6 fevral 2022
U ko‘p gaplarni o‘zining auditoriyasidagi savol hamda muammolardan kelib chiqib gapirayapti (videoni to‘liq ko‘rishni tavsiya qilaman). Treningda erga tegishni ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...