Asosiy mavzular
22 fevral 2022

Mayda o‘g‘rilar qurbonlikka, nahanglar esa…

O‘zbek amaldorlari va oilalarining o‘g‘riliklarini ko‘rib, hayratlanmay qo‘yganman. Lekin, har safar bunday yangilikka bir jirkanch, badbo‘y kayfiyat hamrohlik qiladi. Bu shunchalik klishe, oddiy o‘g‘rilikki, unda na originallik, yo na bir aqliy energiya bor. Qarindoshing nomiga firma och, davlat pulini o‘tkaz, ofshor orqali Shveytsariyadagi hisob raqamiga to‘pla. Bunda bank devorini tunda drel bilan teshib kirishdek va xavfsizlik kameralarini o‘chirishdek strategik aql va jasorat talab qilinmaydi. Bari ancha oddiy.

G‘arb ham baland minorasidan turib ahloqqa chaqira olmaydi, chunki o‘zi ahloqsiz – o‘zi shu ahloqsizlikka sharoit yaratib beradi va hatto rag‘batlantiradi. Bu banklar, ofshor raqamlar, mol-mulklar G‘arbning sxemasi. Bir necha yil oldin o‘shanda Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Deyvid Kameron qirolicha bilan o‘zaro suhbatida Afg‘onistonni «fantastik darajada korruptsiyalashgan» deya tasvirlayotgani kameraga tushib qolgandi. Lavozimidan ketgach, o‘zining ham soliqdan qochish uchun ochgan ofshor hisoblari fosh bo‘ldi. Kameronning fantastikligi pandemiyada ham bilindi – u o‘zi ishga kirgan kompaniyaga lobbichilik qilib qo‘lga tushdi.
Bular g‘arbda shunday tanga talashayotganda, Sharqdan nimani kutasan? Bari bir go‘r aslida. Faqat bu tomonlarda xalqqa osonroq, oylikka yashay oladi, shukur.

Shunchaki hafsalam pir. Mayda-mayda o‘g‘richalar qurbon keltirilaveradi, nahanglar esa… Prezident bularni bilmaydi deganlarga kulgim keladi. Uning o‘zi «er tagida ilon qimirlasa bilaman» degandi. Prezident o‘g‘rilik qil demasa kerak, lekin, fikrimcha, uning qo‘llari ham bog‘liq. Unga ham sodiq ittifoqchilar kerak. Afsuski, biz yashayotgan dunyo shunday.

Ibrat Safo,

Bi Bi Si jurnalisti

Tag‘in o‘qing
16 avgust 2023
14 avgust kuni Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan Zo‘r.TV jurnalistlari Nurzodbek Vohidov va Sardorbek Yo‘ldoshevlarni kaltaklagan qurilish boshqaruvchisiga chora ko‘rildi. ...
9 avgust 2023
Bir xil alkashlar aroqqa to‘ygach, hovlidagi so‘ri yoki ayvonda kelini, qizi ko‘zi o‘ngida bitta yupqa ishtoncha – trusida uxlaydi, ...
15 mart 2017
O‘n ming so‘mlik kupyura chiqishi haqidagi gaplar ortidan o‘tgan haftada AQSh dollari narxi rekord 7500 ga ko‘tarildi. Bu mavzu ...
9 yanvar 2018
6 yanvardan instagram va feysbuk sahifalarida stixiyali tarzda o‘zbeklar do‘ppi fleshmobini boshlashdi. Unga tarmoqda boshqa millatlar ham qo‘shilishdi. Zardo‘ziyu ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...