Asosiy mavzular
2 mart 2023

Gorbi, Gorbi…

Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachyov tug‘ilgan kun.

Aynan Gorbachyov bergan hurriyat bois men – jurfakning oddiy talabasi mustaqil “Erkin so‘z” gazetasini nashr qildim, «Erkin yoshlar» uyushmasini tuzib, talabalarni harakatga keltirish tashabbuskorlaridan biri bo‘ldim. O‘shanda sovet mafkurasidan miyasi beton kabi qotgan domlalar senga bu jur'atni kim berdi deganida, Mixail Gorbachyov deganman.

Ayni jur'at qanotida O‘zbekistondagi ilk mustaqil TV tashkilotchisi bo‘ldim. Agar Gorbachyov bo‘lmaganida O‘zbekiston mustaqil bo‘lmas edi. Gorbachyovdan minnatdorman. Faqat bu minnatdorlik qatida ozgina gina-kudurat ham bor.

Bizga demokratiya, so‘z erkinligi va, eng muhimi, mustaqillik ato qilgan Gorbachyov boshimizga Karimov kabi bir johil mustabidni tikib ketdi. 1989 yilning 23 iyuni kuni Mixail Gorbachyov O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibligiga Karimovni tayinladi.

Insof yuzasidan aytish kerak, Gorbachyov avval boshidanoq Karimov nomzodiga qarshi chiqdi va uning nomzodini tasdiqlamadi. Kadrlar bo‘yicha mas'ul Yegor Ligachyov ham Karimovga qarshi bo‘ldi. Ular tasarrufidagi ma'lumotlarda Karimov boshqalardan ajralmaydigan johil bir obkom kotibi edi.

Ammo SSSR tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze Gorbachyovni ko‘ndirgan. Sovet Ittifoqi kabi ulkan mamlakatning ming bir tashvishi bilan band Gorbachyov shartli tarzda bu nusxani O‘zbekistonga rahbar qilib qo‘ydi. U yog‘i nima bo‘lganiga tarix guvoh.

Baribir Gorbachyovga uzoq umr tilayman va u o‘zi yaratgan kaltakesaklardan uzoqroq yashaydi, deb umid qilaman.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 yanvar 2023
RT: Siz bilan yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman.  MS: Nichiksizlar, jollimisizlar, mo‘chchi bika, xo‘jik birrilar… Bormisiz, ...
30 noyabr 2023
Turkiyaning Sakarya shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 49 nafar o‘zbekistonlik xotin qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, Sakarya viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘limi Axloq byurosi guruhlari, Sakarya Bosh prokuraturasi boshchiligida joriy yilning 25 noyabr kuni kechqurun Sakaryaning Qorasu tumanida 10 ga yaqin manzilda reyd o‘tkazgan.   Operatsiya davomida jami 61 nafar ...
16 fevral 2019
Pul hamma narsani hal qiladi, deyishadi. Menimcha, siyosat hamma narsani hal qiladi. Vaqtida berilgan va'da va odamlarni ishontirish san'ati. ...
9 iyun 2017
1948 yilning 9 iyunida YuNYeSKO qarori bilan Xalqaro arxivlar kengashi (XAK, International Council on Archives, ICA) tashkil etildi. Ayni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...