Kundalik
11 yanvar 2016

Prezident rezidentsiyasi oldida piket o‘tkazganlar ushlandi

Bugun 11 yanvar kuni prezident rezidentsiyasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazishga chog‘langan Inson huquqlari alyansi lideri Yelena Urlaeva boshchiligidagi bir guruh fuqarolar hibsga olindi. Yelena Urlaeva bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganimizda, suhbat yarmida uning qo‘lidan telefoni tortib olib qo‘yildi va aloqa uzildi.

Piket ishtirokchilari, qonun idoralarining g‘ayriqonuniy harakatlari, o‘z vazifalariga sovuqqonligidan huquqlari toptalgani yuzasidan norozilik bildirish uchun chiqqan edilar.

Har doimgidek, norozilik namoyishi o‘tkazish maqsadida prezident rezedentsiyasiga yaqinlashgan fuqarolar Mirza Ulug‘bek tuman ichki ishlar bo‘limi terrorizimga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

«Bugun prezident rezedentsiyasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazish istagida Andijondan ham kelishgandi. Norozilik namoyishini o‘tkazish maqsadidagi shu fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamrohlik qilayotgandim…» – dedi militsiya nazorati ostida, aftidan so‘zini yakunlashga yo‘l qo‘yilmagan Yelena Urlaeva.

Mansabdor shaxslar va qonun idoralari tomonidan mehnat huquqlari toptalayotgan fuqaro Dildora Yunusova, shuningdek andijonlik opa-singil Rahimovalar bilan birga, “Alyans” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti yetakchisiga ko‘ra, bugun prezident rezedentsiyasi oldida namoyish qilishga chog‘langan va olib ketilgan fuqarolar orasida taniqli huquq himoyachisi Shuhrat Rustamov ham bo‘lgan.

Ayni damda prezident rezedentsiyasi oldida o‘z siyosiy faolligini namoyish etishga bel bog‘lagan 6 nafar iborat fuqaro Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman IIB idorasiga olib ketilmoqda.

Malohat Eshonqulova
mustaqil jurnalist, mustaqil huquq faoli
Yeltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 iyul 2016
30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Munisa Oyxo‘jaeva Turkiyaga kelguniga qadar 128 kilo tosh bosgan edi. Semizlikni hastalik deb bilgan Munisa ...
13 oktyabr 2023
RT: Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa ul vayrona ham! MS: Isop duz og‘a. Nichiksizla mo‘chchi apika, xo‘jik brrilo. Ëngqi ishlar ...
29 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoevning eng ishongan davlat amaldorlari MXX (hozirgi DXX)ning sobiq raisi Rustam Inoyatovning josuslaridir. Bunday aql bovar qilmas ...
15 yanvar 2016
Eltuz elektron pochtasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, bosh vazir Shavkat Mirziyoevning erkatoy kuyovlari Oybek va Otabeklar puli ko‘pligidan kerilishmoqda. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...