Kundalik
5 may 2016

Ictanbullik yigit o‘zbek ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonova o‘z jazmani 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) tarafidan 27 aprel oqshomida bo‘g‘ib o‘ldirilgani ma'lum bo‘ldi. (Oldingi habarimizda 29 aprel deb yozilgan edi).

Eltuz.com bilan hamkorlik qilayottan Istanbul turg‘uniga ko‘ra, jasad tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan paytida, o‘zbekistonlik Muborak Usmonovaning bo‘g‘ib o‘ldirilgani aniqlangan. Bu ayolni bilgan guvohlarning aytishicha, u Turkiyada noqonuniy yashagan va muqaddam O‘zbekistonga deport qilingan.

Keyinchalik jazmani Aziz Cholishqon ayolni yashirin yo‘llar bilan Turkiyaga olib kelgan. Har kuni urib azob bergan, boshiga shisha bilan urgan.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirganlikda ayblanib hibsda saqlanayotgtan Aziz Chalishqon tergov paytida yangi tafsilotlarni aytib berdi.

Aziz Cholishqon politsiyaga bergan ifodasida o‘zi birga yashaydigan o‘zbek ayol bilan ichkilik ichgani va o‘rtalarida qandaydir janjal chiqqanini aytgan.

Qotil politsiyaga o‘z oyog‘i bilan kelgan

rasm1318
Qotillikda ayblanayotgan Aziz Chalishqon rasmi hozircha Eltuz.com o‘quvchilari uchun yopiq

Turkiya matbuoti tergov hujjatidagi Cholishqon ifodasidan iqtibos keltiradi:

“Muboraxon oshxonadan pichoq olib, “seni jinsiy a'zongni kesaman” deb menga tashlandi.Keyin, o‘zimni himoya qilish uchun ayolni urdim, keyin uxlab qoldim. Kechasi uyg‘onsam, ayolning tanasi muzdek sovuq. Shundan keyin politsiyaga o‘z oyog‘im bilan keldim” deyiladi muxtamal qotilga nisbat berilgan iqtibosda.

Bundan oldingi ifodasida Aziz Cholishqon “Har kuni urardim, ammo nega bugun o‘lganini tushunmay qoldim” degan edi.

Eslatib qo‘yamiz, Istanbulning Boshoqshahar (Başakşehir) mavzesida yashaydigan 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) 27 aprel oqshomida o‘z sevgilisini o‘ldirganiga iqrorligini aytib politsiyaga taslim bo‘lgan edi.

Bu e'tirof ortidan Ziyo Go‘kalp mahallasidagi Azizning uyiga borgan politsiya guruhi u yerda bir ayolning jonsiz tanasini ko‘rishgan.

Aniqlanishicha jasad O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonovaniki bo‘lib chiqdi. Ba'zi turk nashrlari maqtulning ismini Nuborakhon tarzida ham yozishdi.

Jasadning badani kaltaklardan mo‘mataloq bo‘lib ketgan

rasm1316
O‘zbekistonlik Muborakxon Usmonova hamda uning muhtamal qotili Aziz Chalishqon yashagan uy

Politsiya vakillarining matbuotga bildirilishicha marxumaning badani kaltaklarardan mo‘matalaq bo‘lib ketgan va ba'zi joylari esa yorilib ketgan.

Xotinni o‘ldirganlikda gumon qilingan Azizning politsiyaga aytishicha “O‘rtada gap qochgan va mushtlar ishga tushgan”

“Bir musht uruvdim yiqilib yerga tushdi. Hushidan ketdi deb o‘yladim. Zotan har kuni urardim uni, tayoqdan keyin hushiga kelib yig‘lab siqtab yuraverardi. Bu safar qattiqroq urdim chog‘i o‘lib qoldi”, deya e'tirof qilgan edi gumondor.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, o‘zbek ayolni o‘ldirishda gumonlangan Turkiya vatandoshi 55 yashar Aziz Cholishqon muqaddam bir nechta jinoyatlar sodir qilib jazo o‘tagan va politsiya nazoratida turgan.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, o‘zbek ayolni o‘ldirishda gumonlangan Turkiya vatandoshi 53 yashar Aziz Cholishqon muqaddam “o‘g‘irlik”,”tajovuz”, “pichoqlashuv” kabi oltita jinoyatlar sodir qilib jazo o‘tagan va politsiya nazoratida turgan.

Cholishqon oldingi xotini bilan ajrashgan va bir farzandi bor. Eltuz.com nashri marhumaning suratini e'lon qilyapti.

Bu ayolning jasadi O‘zbekistonga olib borilgani haqida ma'lumotimiz yo‘q.

Bilishimizcha jasad Istanbul adliya boshqarmasi morgida qolmoqda.

Voqea rivojini kuzatishda davom etamiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 iyul 2017
Andijonda havo harorati ko‘tarilgan sayin odamlar favvoralar yoni va suv bo‘ylariga o‘zini urmoqda, ob havo darajasi haqidagi rasmiy ma'lumotlarga ...
10 may 2023
O‘zbek badiiy kinosiga asos solgan Yo‘ldosh A'zamov 1909 yilning 10 mayida Sirdaryoda tug‘ildi. Yo‘ldosh A'zamov «Sovkino», «Vostokkino», «O‘zbekfilm»larda ishladi, ...
1 aprel 2021
(Rassom Tuz audiohikoyasi matnining davomi) O‘quvchida Qo‘yliga xiyonat qilgan Ullibiyining keyingi hayoti nima bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu ...
23 may 2023
Kuni kecha Andijonda o‘zlarini «To‘maris izdoshlari» deb atagan gurux parkda o‘z partiyasi uchun imzo yig‘ayotgan Olloqulovga tashlandi va kaltakladi. ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...