Kundalik
12 may 2016

O‘zbek farrosh yigit istanbullik qizga jinsiy tajovuz qildi

O‘tgan juma kuni Istanbulda o‘z do‘stining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kunlik uy kiralagan 19 yashar turk qizi o‘sha uyda farroshlik qiladigan o‘zbek yigit tarafidan zo‘rlandi.

Turkiyadagi Hurriyat gazetasining yozishicha, Elnur. B ismli O‘zbekiston fuqarosi jinsiy tajovuzda ayblanib politsiya tarafidan qo‘lga olingan va u shu onda qamoqda mahkamani kutmoqda.

rasm1369
Voqea Istanbuldagi mashhur buqa haykali yaqinidagi uylardan birida ro‘y bergan

Kadiko‘ydagi kunlik kira uyda ro‘y bergan tajovuz

Universitet talabasi bo‘lgan N.T. O‘z do‘stining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Kadiko‘ydagi Buqa haykali yonidagi Chilak ko‘chasidagi uylardan birini 24 soatga ijaraga oldi.

Ertalabki soat 10 da uyga kirib kelgan N. T, soat 12 da o‘zining 3 ta do‘stini kutish uchun dasturxon hozirladi.

Kvartirada o‘z do‘stini kutayotgan N. Tning yoniga uyni supurib-sidiradigan hizmatkor O‘zbekiston fuqarosi Elnur kelib “Men sizga yordam beray, men bu xonani supurishim kerak” degan gap bilan yaqinlashadi.

Turk politsiyasining matbuotga aytishicha, o‘zbek yigit uyni ichdan qulflab qizni zo‘rlagan va qochib ketgan.

Tajovuz habarini olgan Kadiko‘y politsiyasi kuzatuv kameralari vositasida O‘zbekiston fuqarosi Elnurni tezda qo‘lga oldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 sentyabr 2019
Toshkentning “Malika” maishiy texnika bozorida soqollilarning qirtishlanishidan kishti kelgan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev soqol va hijobga qarshi “urush” ...
14 fevral 2018
Turkmaniston prezidentining kuyovi, 28 yoshli Ibabekir Bekdurdiev (Guga) 1 million dollardan ortiq narxdagi qo‘l soatlari taqadi. Ularni taqib, o‘zining ...
5 avgust 2022
Bugungi juma va'zini qisqa yangilikllar bilan boshlasam. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 2 avgust kuni zavod ishchilaridan biri bo‘lgan ...
18 aprel 2018
Vazirlar Mahkamasida 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan videoselektorda o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini ko‘cha tozalashga jalb ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...