Dayjest
20 may 2016

Butun O‘zbekistonni «to‘lqinlantirayotgan» farmon

O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni «to‘lqinlantirib» yubordi. Har holda o‘zbek matbuoti shunday deb yozmoqda.

Bu «to‘lqinlanish»ni ko‘rgandan keyin «ertaga bugun avval ruscha tayyorlanib, so‘ng o‘zbekchaga o‘giriladigan qonunlar endi o‘zbekcha yozilsa kerak», «yuqori davlat idoralarida ish yuritish endi o‘zbek tilida bo‘lsa kerak», «prezidentimiz xalqaro anjumanlarda endi ruscha emas, o‘zbekcha gapirsa kerak» kabi nekbinlik paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ko‘zlaridan oqqan yosh esa bu nekbinligimizni yanada kuchaytiradi.

«Biz o‘zga yurtlardagi adabiyot muzeylariga mahliyo bo‘lib, havas bilan qarardik. Prezidentimiz farmoni bilan yangi ochilajak universitet tarkibida O‘zbek tili va adabiyoti muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi yuksak ehtirom va e'tiborni ko‘rib ko‘zimizda yosh qalqdi», deb yozdi S.Sayyid «O‘zbekiston ovozi» gazetasida e'lon qilingan maqolasida.

Ammo bu farmon va yurtboshi sha'niga yog‘ilayotgan madhlarda uchrayotgan «kichkinagina» yolg‘onlar ham borki, ular aslida 25 yil kechikib qabul qilingan hujjatning ahamiyatini yanada pasaytiradigandek tuyuladi.

Xususan, «Xalq so‘zi» gazetasi bunday yozadi: «…hali totalitar tuzum hukmron bo‘lgan turgan murakkab sharoitda – 1989 yilning 21 oktyabrida O‘zbekiston rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan qariyb yarim asrlik qaramlikdan so‘ng o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganini yodga olish mantiqan to‘g‘ri bo‘lur edi».

Aslida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bugun mamlakatdan haydab chiqarilgan, barcha yetakchilari xorijda faoliyat yuritishga majbur bo‘layotgan muxolifat kuchlarining, o‘sha paytlarda ko‘ngliga mustaqillik ishqi tushgan o‘zbek ziyoli qatlamining, talabalarning bosimi bilan amalga oshganini esdan chiqarmagan avlod hali tirik.

Shuning uchun kech bo‘lsa-da, qabul qilingan bu muhim farmon haqida madh to‘qiyotganda yolg‘on aralashtirilmasa, uning ahamiyati yanada ortadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 aprel 2019
«Xalqaro amnistiya» (Amnesty International) tashkiloti 10 aprel kuni qamoqda saqlanayotgan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori 67 yashar Rashid Qodirovning qiynoqlarga ...
29 aprel 2023
Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar yodi muqaddas.  Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan ...
28 fevral 2018
Militsiya generali, 69 yoshli Zokir Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi etib tayinlandi. 2005 yildagi Andijon qirg‘inidan so‘ng ...
13 oktyabr 2023
RT: Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa ul vayrona ham! MS: Isop duz og‘a. Nichiksizla mo‘chchi apika, xo‘jik brrilo. Ëngqi ishlar ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...