Kundalik
20 may 2016

Har bolaga 25 kilo temir-tersak

Farg‘onalik M.ismli ayol 1-sinfda o‘qiydigan qizchasini maktabga jo‘natdiyu, Xalq ta'limi vazirligining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish uchun qo‘liga telefon oldi.

“Yosh bolagayam 25 kilo temir-tersak deydimi?”, o‘ylandi u. Soatga qaradi. Endigina 7 dan 30 daqiqa o‘tibdi. Hali “Ishonch telefon”lari ish boshlashiga bir yarim soatdan mo‘lroq vaqt bor ekan. Ishlariga unnadi.

Ayolning jig‘ibiyron bo‘lishida jon bor. Bugun maktablarda metallom, makalatura, baklashka “operatsiya”lari qizg‘in davom etmoqda. Har uchchala narsani olib kelmagan o‘quvchilarga sinf va maktab rahbarlari tomonidan dakki berilmoqda, “ertaga maktabga kirgazmayman” deya ular qo‘rqitilmoqda.

Maktablarning birini sinf rahbari bilan aynan shu masalada gaplashdim.

-Sinfimda 40 nafar o‘quvchi o‘qiydi, – dedi muallima. 600 kilo metallom topshirishimiz kerak. Har bir o‘quvchiga 25 kg. metallom, 5 kilodan makalatura, 5 donada baklashka olib kelish topshirig‘ini berganman. Majburman. Mendan maktab rahbari talab qilmoqda.

Maktab rahbari bilan bog‘langanimda esa u 1200 nafar o‘quvchi o‘qiydigan maktab uchun “yuqoridagi”lar yetti yarim tonna metallom topshirish shartini qo‘yganligini aytib berdi.

“Yaxshiyam tushungan ota-onalar bor” dedi direktor quvonch bilan, bir ota-ona 1,5 (bir yarim tonna) temir olib kelib berdi va “Bolalarga aytmay qo‘yavering, ustoz, men yana qancha kerak bo‘lsa olib kelib beraman” dedi, deya xursand bo‘ldi.

O‘quvchilar olib borgan metallom, makalatura va baklashkalari uchun hech qanday haq olmaydi. Metallom, makalatura, baklashka olib bormagan o‘quvchilar esa sinfiga qarab 10 ming so‘mdan 15 minggacha pul berishlari majburiydir.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 avgust 2018
Navoiy teatrining yaponlashtirilishi, aslida xiyobonlarning chopib yo‘q qilinishi, devoriy san'at asarlarini o‘chirib, ustiga fotooboy qoplash, tarixiy yodgorliklar o‘rni, shakli ...
4 oktyabr 2018
O‘zbekistonda non narxining ikki barobar o‘sishi ortidan oktyabr oyida elektr, gaz, suv va benzin narxlari ham oshadigan bo‘ldi. Hukumat ...
22 oktyabr 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
1 noyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 11-qismi Turk birligi g‘oyasi va turk dunyosi imkoniyatlari haqida. ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...