Yagana yo‘q, chopiq yo‘q, ketmonda ishlov bor
Maqolada yozilishicha, Andijon viloyatida fermerlar g‘o‘zaga ishlov berishda katta tajriba to‘plagan bo‘lib, bugun bu kuzdagi mo‘l hosil garovi bo‘lib qolayotir.
«Tajribali dehqonlarning ish uslubi keng tarqaladi. Bugungi kunda viloyatda ilmiy yutuqlar bilan tajribani uyg‘unlashtirib, dalasini yashnatayotgan fermerlar ko‘p», deya g‘urur bilan ta'kidlaydi gazeta.
Qizig‘i shundaki, mamlakatda g‘o‘za qator oralariga qo‘l mehnati orqali ishlov berish ayni avjiga chiqqan shu kunlarda gazetada «yagana», «chopiq» so‘zlarini uchratmaysiz.
Buning o‘rniga, «texnika bilan bir qatorda g‘o‘zaga ketmon bilan ishlov berilmoqda», deyiladi maqolada.
Gap shundaki, yagana va chopiq qo‘l mehnatini talab qiladi. Ayni paytda mustaqil nashrlar mana shu tadbirlarda majburiy mehnatdan foydalanilayotgani haqida bong urmoqda.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, gazeta «chopiq» va «yagana» so‘zlarini ishlatishdan atayin qochgandek taassurot uyg‘onadi.
Ammo ziyrak o‘quvchi «ketmon bilan ishlov berish» deganda aslida yagana va chopiq, ya'ni keng ko‘lamli qo‘l mehnati nazarda tutilayotganini darrov anglab oladi.
Eltuz.com