Kundalik
3 iyul 2016

Istanbul hujumida o‘lgan ikki nafar o‘zbek dafn etildi

Turkiya aeroportida 28 iyun kechasi uyushtirilgan bombali hujum paytida halok bo‘lgan namanganlik Abrorjon Ustaboev va toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovichlar juma kuni dafn etildi.

22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Abrorjon Ustaboev aeroportga kelib tushishi bilan portlash sodir bo‘lgan va u o‘sha joyda yuragidan o‘q yeb, jon bergan.

Namanganlik Abrorjon Ustaboevning portlash paytida aeroport ichkarisida bo‘lgani va o‘limidan atigi 20 daqiqa oldin telefon orqali yaqinlari bilan gaplashgani aytiladi.

Eltuz.com jurnalisti shuningdek, Turkiyadagi mehmonxonada qo‘riqchi bo‘lib ishlagan toshkentlik Samad Muhiddinovning yaqinlari bilan bog‘langanishga va uning ham juma kuni dafn etilganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek Toshkentda Samad Muhiddinovning onasi, xotini Dilnoza va ikki nafar yosh farzandlari qolgan.

Portlash va otishmada yarador bo‘lgan o‘zbeklar soni 4 nafar ekani ham bildirilgandi. Istanbul hujumida yaralangan o‘zbekistonlik 4 kishidan birining ismi-sharifi Rifat Salimov ekani haqida Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumot tarqatdi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan, 230dan ziyod kishi jarohatlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 yanvar 2022
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, obunachilarimiz coni 289 mingga ...
22 fevral 2022
O‘zbek amaldorlari va oilalarining o‘g‘riliklarini ko‘rib, hayratlanmay qo‘yganman. Lekin, har safar bunday yangilikka bir jirkanch, badbo‘y kayfiyat hamrohlik qiladi. ...
10 yanvar 2023
Rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, yetti yarim yilga yilga qamalgan Jizzax zamhokimi va sheriklari muddatidan oldin shartli ozod qilingan. (Agar ...
22 iyun 2016
Rassom Tuz va Elsevarlar qatoriga Kirpi taxallusi bilan ijod qiladigan yosh rassom ham qo‘shildi. Shu kunlarda Toshkentda istiqomat qiladigan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...