Kundalik
6 noyabr 2016

Abdulla Oripov Chig‘atoy mozoriga ko‘miladi

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga dafn qilinishini Eltuz.com manbalari tasdiqladi:

«Shoir jasadi solingan temir tobut dushanba kechqurungi to‘qqizlarga borib amerikadan yetib kelishi kutilmoqda. Uchoq kechikmasa dafn marosimi seshanba kuni bo‘ladi. Shavkat Miromonovich, Hayriddin Sultonov kabi rahbarlar keladi deb yo‘llar asfalt qilindi¸ devorlar oqlandi», deydi manba.

Bundan oldin shoirning janozasi shanba kuni Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan edi.

Manbalarga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solgan.

Eltuz.com manbasining aytishicha, yakshanba kunidan boshlab shoirning Do‘rmondagi hovlisiga fotiha o‘qish uchun odamlar kela boshlagan.

Duogo‘ylarni shoirning akasi Abdurazzoq Oripov va shoirning qizi Shoira Oripova kutib olmoqda.

Ayni manbaning aytishicha, muvaqqat prezident dohil o‘zbek rasmiylari imzo chekkan rasmiy ta'ziya dushanba kuni televideniya orqali eshittiriladi.

14958417_704704106361093_2063215049_n
Shoirning Do‘rmondagi uyiga chodir qurishdi

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

«Qora lola» shoirga so‘ng maskan hozirlamoqda

Shoirni Chig‘atoy qabristoniga ko‘mish tadorigi Toshkentdagi «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi zimmasiga yuklatilgani aytildi.

Qabristoni ma'muriyati, «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi va Toshkentdagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rasmiylarining nashrimizga tasdiqlashicha shoir uchun qabriston markazidan joy ajratilgan:

«Kommunist mozor degan gap sovet payti o‘liklarni duxovoy orkestr bilan ko‘mgan paytda chiqqan. Aslida bu qadimdan mashhur qabriston. U yerda Amir Olimxonning avlodlari ko‘milgan, deyishadi. Qancha katta amaldorlar qo‘yilgan. Bu yerga hukumat qarorisiz ko‘milib bo‘lmaydi. Bu muammo sovet zamonida ham bor edi. Sharof Rashidov rahbar bo‘lgan paytida birinchi bo‘lib «Chyornыy tyulpan» byurosining o‘sha davrdagi Rasulov, degan rahbarini qamagan edi. Keyyin taqdirni qarangki Sharof Rashidovning rafiqasini chig‘atoyga qo‘yish problema bo‘lgan», deydi manba.

Chig‘atoy mozorida O‘zbekistonni birinchi prezidenti Yo‘ldosh Oxunboboev, rassom O‘rol Tansiqboev, yozuvchi Abdulla Qaxxor va qo‘shiqchi Botir Zokirovga qo‘yilgan haykallar bor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2023
2022 yilning bahorida Marhamat tumanidagi 36-umumta'lim maktabi binosi agentlik maktabiga aylantirish vaji bilan qishloq bolalaridan tortib olinib, buzilgan, 400 ...
29 dekabr 2023
Rassom Tuz
21 avgust 2019
So‘nggi kunlarda so‘mning keskin tarzda qadrsizlantirilishi sabablaridan biri oydinlashdi – hukumat naqd valyutani aholiga sotish amaliyotiga o‘tdi.  Shu vaqtgacha ...
11 iyul 2017
3 iyul kuni Beshariq markaziy shifoxonasiga keltirilgan 25 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Eltuz nashriga murojat etgan ayolning ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...