Asosiy mavzular
7 yanvar 2017

Turk matbuoti 39 kishini o‘ldirgan terrorchi o‘zbek bo‘lganini yozdi

Hurriyat va boshqa turk gazetalarining yozishicha qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan o‘zbek millatiga mansub Abduqodir Masharipovdir.

Turkiya istixboratining matbuotga sizdirgan habariga ko‘ra Abduqodir Masharipov o‘ldirilgan.

Uni kim va nima maqsadda o‘ldirganiga oid ma'lumot yo‘q. Turk matbuotida yozilishicha¸ IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasining boshqa faollari tarafidan Istambulga keltirilgan. Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

IShID archaga qarshi

IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, «xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan».
Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 may 2023
1881 yilning 6 mayida Mixail Skobelev boshchiligidagi rus kolonizatorlari Xiva xonligiga qarashli Axaltaka viloyatini okkupatsiya qilishdi. Bu Go‘ktepa jangida ...
8 iyun 2021
Rassom Elsevar
16 may 2022
Toshkentdagi gimnastikachi ayol suratiga yubka kiydirildi. Bu «ma'naviy tahrir» Toshkent shahar hokimligi «ijodi» bo‘lishi mumkinligi haqida mahalliy bloger Nikita ...
20 noyabr 2019
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. «Eltuz»ga yuborilgan videoda «Qizil ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...