Asosiy mavzular
18 yanvar 2017

Masharipovning o‘zbekistonlik bo‘lganini rasmiy Toshkent tasdiqladi

Turk matbuotiga ko‘ra Masharipovning O‘zbekiston vatandoshi ekanligini rasmiy Toshkent tasdiqlagan. O‘zbekiston tarafiga ko‘ra, Masharipov qidiruvda bo‘lgan.

Moltepadagi reyd. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Turk politsiyasiga ko‘ra, Masharipov qo‘lga olingan payti «O‘ldirmang meni akalar!» deya baqirgan, qo‘lga olish paytida bitta ham o‘q otilmagan.

Chorshanba kuni tergov paytida Masharipov avvaliga Taqsim maydoni (Istanbul markazi)da portlash tashkil qilmoqchi bo‘lganini aytgan.

Keyin Roqqadagi IShID vakillari bilan kelishib tungi klubda qirg‘in qilishga qaror bergan.

Istanbul hokimi Vosip Shohin va Istanbul amniyat mudiri Mustafo Cholishqon seshanba kuni matbuot anjumani o‘tkazib, qo‘lga olingan odamning O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipov ekanligini bildirishgan edi.

Shuningdek, matbuot anjumanida Masharipovning uyidan 197 ming AQSh dollari chiqqani bildirilgan.

IShIDga mansubligi aytilayotgan mazkur shaxsning laqabi Abu Muhammad Xurosoniy bo‘lgan.

Anjumanda ta'kidlanishicha, 33 yashar O‘zbekiston vatandoshi va etnik tojik Abduqodir Masharipov O‘zbekistonda ham qidiruvga berilgan.

Moltepadagi reyd. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Uning Afg‘oniston va Pokistondagi lagerlarda ta'lim olgani ham ta'kidlandi.

Aniqlanishicha, Masharipov Turkiya hududiga Eron orqali noqonuniy yo‘llar bilan o‘tgan.

Shu kunlarda kelib chiqishi Markaziy Osiyodan bo‘lgan 50 kishi ayni voqeaga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi.

Abduqodir Masharipov bilan birga qo‘lga olinganlar orasida bir iroqlik erkak, shuningdek Misr, Senegal va Somali vatandoshlari bo‘lgan ayollar borligi aytilmoqda.

Eltuz.com manbalarining aytishicha, Masharipov Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashagan va bundan 6 yil oldin O‘zbekistonni tark qilgan. U ikki farzandning otasidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 yanvar 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
18 aprel 2019
Shu yilning 20 mart kuni Xalq ta'limi vazirligi saytida “Farg‘onaning Quva tumanidagi 50-maktab yer maydoni va qo‘shimcha bino o‘quv ...
8 sentyabr 2023
RT: Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa ul vayrona ham! MS: Isop duz og‘a. Nichiksizla mo‘chchi apika, xo‘jik brrilo. Ëngqi ishlar bo‘lib turibmi oxir? RT: Matchonboy, sen jonajon o‘zbekistonimizda xafta ichida ...
14 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan va Rossiyaning Tatariston Respublikasi turmasidan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...