Usmonxo‘jaev – O‘zbekistonning Kreml tomonidan qamalgan rahbari
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi.
Marhum Farg‘ona viloyatining Rishton tumani Pandigon qishlog‘idagi qabristonga dafn etildi. Janoza Yormozor hududidagi jome' masjidda o‘qildi.
U Sharof Rashidovdan keyin O‘zbekistonga rahbarlik qilgan edi.
Inomjon Usmonxo‘jaev 1983 yildan 1988 yilgacha O‘zSSR Markazqo‘mi Birinchi kotibi bo‘lgan.
Usmonxo‘jaev «qayta qurish» yillarida korruptsiyada ayblandi. 1988 yilning 12 yanvarida «pensiyaga chiqishi munosabati» bilan O‘zbekiston KP Markazqo‘mi Bosh kotibi lavozimidan ozod qilindi.
1989 yilning 12 dekabrida «paxta ishi» bo‘yicha ayblanib, 12 yilga qamaldi. Korruptsioner sovet rahbari sifatida barcha unvonlaridan mahrum qilindi. 1990 yili ozod etildi.
Umrining so‘nggi yillarida Inomjon Usmonxo‘jaev Farg‘onada o‘z otasi Buzrukxo‘ja qurgan uyda farzandlari va nabiralari bilan yashagan edi.
Eltuz.com