Catira
7 aprel 2017

Qo‘shnisi zo‘rlagan xivalik maktab o‘quvchisi o‘g‘il tug‘di

Xiva tumani Sayot qishlog‘idagi 31-maktabning 15 yashar o‘quvchisi M.T 5 aprel kuni Xiva tuman tug‘ruqxonasida o‘g‘il tug‘di.

Muhayyo tahsil olayotgan maktab o‘qituvchilaridan biri bu haqda Eltuz muxbiriga habar berdi.

Unga ko‘ra, Xiva tuman xalq ta'limi boshqarmasi mulozimlari bu gap ovoza bo‘lmasligini maktab ma'muriyatiga tayinlashgan.

Muallimning yana aytishicha, maktab o‘quvchisi M.T o‘tgan yili 37 yashar qo‘shnisi tarafidan zo‘rlab qo‘yilgan va buni maktab ma'muriyati, hamda Sayot qishloq fuqarolar yig‘ini rahbarlari bekitib kelishgan.

Maktab muallimining aytishicha, o‘quvchi qiz tug‘ruqxonada ko‘zi yorigan paytda Xiva va Xonqa tumani IIB xodimlari va boshqa mulozimlar hozir bo‘lishgan:

“Xiva tuman hokimi o‘rinbosari Malika opa Ismoyilovaning o‘zi nazorat qildi. Qizga dalda berib turdi.

Qizning onasi Sadoqat Ismoyilova ham tug‘ruqxonaga keldi, lekin uning o‘gay otasi Farhod Abdrimov ko‘rinmadi” deydi 31 maktab o‘qituvchilaridan biri.

Maktab o‘quvchisi zo‘rlangani yashirilganmidi?

Ozodlik radiosining yozishicha, Sayot qishlog‘idagi 31 maktab direktori Rustam Xo‘jaev va shu qishloq vrachi Sharofat Madrimova o‘quvchi qizning xomilador bo‘lganini yashirgani uchun ishdan olingan.

Ayni maqolada yozilishicha, maktab o‘quvchisi Xonqa tumanidagi buvisinikiga ketayotgan paytda zo‘rlangani uchun Xonqa tuman IIB da O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (“zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish”) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Maqola davomida xomilador bo‘lganidan dahshatga tushgan o‘quvchi qiz bir necha marotaba o‘zini osishga uringani ham aytiladi.

O‘quvchining zo‘rlanishi yagona voqea emas

Asli xivalik va shu kunlarda Rossiyada Bibish taxallusidagi kitoblar muallifi Xojarbibi Siddiqova “Xivalik raqqosa dil izxori” degan avtobiografik kitobida o‘zining 8 yoshida zo‘rlanganini yozadi.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarinng zo‘rlanishi bo‘yicha ixtiyorimizda faqat bitta mulozimning e'tirofi mavjud.

O‘zbekiston Ma'naviyat-targ‘ibot markazi 2015 yilgi tadbirda ayni tashkolot rahbari Qahramon Quronboev akasi yoki otasi zo‘rlagan yosh qizchalarning tug‘ib qo‘ygani haqida aniq raqamlarni keltirgan edi:

«2013 yilgi ma'lumotni aytaman. 13 yoshli 200 dan oshiq qizimiz tug‘ib qo‘ydi. 13 yoshida 200 tadan oshiq o‘zbekistonlik qiz tug‘di! Bu qizlarning aksariyatining yo otasi ketgan, yo onasi ketgan yoki ota-onasi ketgan, bola bu yerda sarson.

Mana yaqinda eshitgan bo‘lsanglar, Xorazmda 12 yashar qiz o‘zining akasidan tug‘di. Toshkent shahrida o‘tgan yili bo‘lgan voqea – Yunusobodda ikkita 13 yashar qizimiz o‘zini otasidan tug‘di. Mana endi savol tug‘iladi – ma'naviyat kerakmi yo kerak emasmi?» deya ta'kidlagan edi Respublika Ma'naviyat-targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboev.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 19-maktab internetining uch nafar o‘quvchisi — Xosiyat Egamberdieva, Gulshoda Xolmonova va Madina Jo‘raevalarning nomusi toptalgani, ular turli paytlarda zo‘rlangani yashirilayotgani haqida “Ezgulik” inson huquqlari tashkiloti ma'lumot tarqatgan edi.

“Ezgulik” ma'lumotiga ko‘ra, o‘quvchi qiz Xosiyat Egamberdieva maktab qorovuli Aktam Muhammadiev tomonidan bir necha marta zo‘rlangan va hatto bir marta tumani markaziy shifoxonasida abort ham qilingan.

Bu hodisadan qo‘rqqan Xosiyat Kitob tumani hududiga qochib ketgan va u noma'lum shaxslar tomonidan Muborak tumanidagi fohishaxonaga sotilgan. 3 oy davomida jinsiy ekspulatatsiyaga majbur qilingan aqli zaif bu qiz fohishaxona sohiblari javobgarlikka tortilgach, maktabga qaytarilgan.

2015 yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktablardan birida o‘qiydigan beshinchi sinf o‘quvchisini muqaddam sudlangan 36 yashar yigit zo‘rlagani haqida mahalliy nashrlar ma'lumot bergan edi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, zo‘rlangandan so‘ng urib chalajon qilingan qizaloqning hayoti saqlab qolingan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 oktyabr 2019
Rassom Tuz Eltuz.com
26 sentyabr 2017
Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelgach, Rossiyalik o‘zbek milliarderlarining mamlakatga kelib biznes boshlayotgani kuzatilmoqda. Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudovlar ortidan yana bir ...
3 iyun 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 8-qismini taqdim etadi. Chiptasi ...
3 noyabr 2022
1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi mujda sifatida qabul qilindi. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...