Asosiy mavzular
24 aprel 2017

Xonanda Nargiz Boyxonova vafot etdi

«Yalla» guruhining sobiq solisti bo‘lgan Nargiz Bayxonova 24 aprel kuni Toshkentning Chig‘atoy qabristoniga dafn etildi.

Caid Zokirov
Nargiz Boyxonovaning o‘g‘li

70-80 yillar o‘zbek estradasi yulduzlaridan biri bo‘lgan Nargiz Boyxonova 23 aprel kuni 68 yoshida yoshida vafot etdi.

U «Yalla» guruhi tarkibida 1983 yilgacha qo‘shiqlar kuylagan. U taniqli xonanda Farruh Zokirovning sobiq rafiqasi bo‘lgan.

Nargiz Boyxonova qo‘shiqlarining muxlislari uning ijrosidagi «Sen bulmasang yonimda», «Siyay, Tashkent, zvezda Vostoka» qo‘shiqlarini xanuz sevib tinglashadi.

Uning otasi familiyasini olgan Said Zokirov degan yagona o‘g‘li Moskvada tijorat bilan shug‘ullanadi.

Said Zokirov o‘tgan yili qiz faraznd ko‘rib Nargiz Boyxonovani buvilik rutbasiga ko‘targan edi.

Eltuz tahririyati marhumaning muxlislari, do‘stlari va qarindoshlariga o‘z ta'ziyasini bildiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 may 2018
Muhammad Bekjonning ukasi Rashid Bekjon ham deyarli Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral portlashi sodir bo‘lgan kuni qamalgan akasi Komil ...
31 yanvar 2018
31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida ...
28 mart 2022
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganiga bir oy to‘ldi. Rossiya Ukrainani uch kunda bosib oladi, degan bashoratlar (ular orasida g‘arb ...
7 fevral 2017
Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda. Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...