Asosiy mavzular
26 aprel 2017

Oqilovning sherigi deya gumon qilingan chechen qo‘yib yuborildi

Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib yuborilgan.

Oqilovning sherigi deya gumon qilinib ushlangan 26 yoshli chechenning onasi. Expressen.se

Bu haqda Shved matbuoti politsiyaga asoslanib xabar berdi. Shuningdek, Ekspressen nashrining bildirishicha, chechen yigitning onasi «Mening o‘g‘lim o‘g‘lim allaqaysi IShID va o‘zbeklarga aloqador emas» deya bildirgan edi.

O‘z o‘g‘lining ozod etilishini eshitib, ona quvonch ko‘zyoshlarini yashira olmagan:

«Men bilardim, o‘g‘limning aybdor emasligini!» , deya intervyu bergan.

O‘g‘lining aybsizligi, Shvetsiyadan iqomat huquqini tezroq olishlariga imkon yaratishi mumkinligini aytadi u. Shuningdek u, o‘g‘liga jismoniy kuch ishlatgan politsiya xizmatining rasman kechirim so‘rashini kutmoqda.

Bundan ilgari, yakshanba kuni qurollangan shved politsiyasi Shvetsiyaning Skone bo‘lgasidagi ona bola yashayotgan kvartira podvalidagi uyi eshigini buzib kirishgan.

Uning 26 yashar o‘g‘lini yerga bosib, qo‘lini kishanlashgan. Ikki kunlik so‘roqdan keyin, seshanba kuni chechen yigiti ozod qilingan edi.

Chechen yigiti ushlangan 23 aprel kuni Shvetsiyaning TV4 telekanali Stokgolm hujumchisi Raxmat Oqilovning Samarqanddagi akasi ham hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Rahmat Oqilov 7 aprel kuni Stokholm markazida yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi natijada 4 kishining o‘limi va 15 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 avgust 2021
Rassom Kirpi
19 mart 2019
Nazarboev maxsus texnika bilim yurtini tugatgan. Oliy partiya maktabini bitirganini aytmasa, oliy ma'lumoti yo‘q. Ammo butun kamchiliklariga qaramasdan, Qozog‘istonni ...
8 fevral 2022
2022 yil 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi mahalliy bloger Sobirjon Boboniyozovni O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda ...
10 aprel 2016
O‘zbekiston dorixonalarda sotiladigan dori-darmonlarning anchagina qismi noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishi yoki qalbaki ekani to‘g‘risida ko‘p aytiladi. «Diyonat» gazetasi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...