Asosiy mavzular
18 may 2017

Tuxum uchun prezidentga minnatdorlik

O‘zbek matbuoti prezident Mirziyoevning tovuq va tuxum siyosatini ulug‘lashda davom etmoqda.

Hususan «Milliy tiklanish» gazetasi (17.05) Toshloqdagi dehqon xo‘jaligi rahbari bankdan berilgan imtiyozli kreditga 2500 tovuq olib, kuniga 1500 ta tuxum sotayotgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirgani haqida yozgan.

Maqolada prezidentning aholini tovuqboqar qilish tashabbusiga soya solayotgan holatlar ham tilga olingan.

Ma'lum bo‘lishicha, yozyovonlik Natalya opa Yunichkovaga «Agrobank»dan olinan 7,5 million so‘m kredit evaziga 230 ta tovuq olib berilgan. Ammo tovuqlar qari bo‘lib, na tuxum bergan, na go‘shtga yaragan.

Yunichkova bu tovuqlarni ikki oy boqqach, 30 tasi nobud bo‘lgandan keyin bankka borib tovuq sotgan firmani surishtirganida, bank xodimlari «mas'uliyatsizlik qilib, unga javob bermagani» haqida yozadi gazeta.

Faqat opa xalq qabulxonasiga murojaat etganidan keyingina tovuqlar ularni sotgan firmaga qaytarib berilgan, kredit ham o‘sha korxona tomonidan qoplangan.

Maqolada shuningdek, kollej bitiruvchisiga ham kreditga 50 ta tovuq berilgani, biroq ular tez orada nobud bo‘lgani aytiladi.

E'tiborlisi shundaki, maqolada xalq qabulxonalari hududlardagi rahbarlarning «el nazariga tushishiga, chinakam obro‘-e'tibor topishiga imkon bergani» ta'kidlanadi.

Gazeta shuningdek, «xalq dardi bilan yashash» bayrog‘ini baland ko‘targancha, prezidentning xalq qabulxonalari faoliyatiga oid kattagina maqola e'lon qilgan.

Maqola Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining asosiy maqsadi «el-yurt tashvishidan ogoh bo‘lib, chora-tadbir ko‘rish» ekanini ta'kidlar ekan, davlat rahbariga tashakkurnomalar bilan boshlanadi.

Xalq qabulxonasiga murojaat etgani ortidan buvisiga nogironlik aravachasi berilgan nabira, qariyb o‘n yil davomida qiziga guvohnoma ololmay yurib, uch kunda ishi bitgan ona, farzandining o‘qishi uchun shartnoma to‘lovini o‘tkazish borasida ishi bitmay yurgan vaqtda amaliy yordam olgan volidaning ham minnatdorlik so‘zlari keltirib o‘tilgan.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2023
Qadrli muxlislar. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 2023 yilgi ilk sonini taqdim etadi.+++2022 yilda eng ko‘p tilga olingan o‘zbek vatandoshi ...
27 aprel 2017
Hukumat «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bu qonun kuchga kirsa, hukumat ...
6 may 2016
O‘zbekiston nashrlarida jurnalistika sohasidagi «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e'lon qilindi. Nashrlar bu jurnalistlar sovrinni nima uchun olganiga ...
5 yanvar 2021
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 49-umumta'lim maktabi o‘quvchilari mutlaqo sharoiti yo‘q eski dala shiyponida o‘qishmoqda. Bu haqda bo‘kalik fermer va faol ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...