Asosiy mavzular
21 iyun 2017

O‘zbek qizi Turkiya prezidenti tansoqchisini o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Turkiya prezidentining tansoqchilari boshqarmasida ishlaydigan 24 yashar Ramazon O‘zchelik (Ramazan Özçelik)ning boshidan o‘q uzilgan jasadi O‘zbekiston vatandoshi Farida Bayramovaning Istanbuldagi kvartirasidan topildi.

Turkiyada farmatsevtika sohasida o‘qiyotgan 25 yashar Bayramova Terrorga qarshi kurash idorasi tarafidan so‘roq qilinmoqda. Foto: Hurriet

Hurriyat gazetasining yozishicha, Turkiya prezidenti tansoqchilar boshqarmasida 2016 yildan beri politsiya lavozimida ishlab kelgan O‘zchelik o‘tgan dushanba kuni soat 14 da Farida Bayramovaning uyida boshidan otib o‘ldirilgan.

Bayramovaning uyidan to‘rtta farqli nomerli qo‘l telefoni topilgan.

Habarturk gazetasi muxbiri Muslim Sarvarning yozishicha, Malatiyadagi Ismat Enuni universiteti farmatsevtika fakulteti talabasi Farida Bayramova “Ramazon sevgilim edi, men uni o‘ldirmadim, o‘ o‘zini o‘ldirdi” deya iddao qilgan.

Rus ruletkasi

Bayramovaning iddaosiga ko‘ra, marhum O‘zchelik “rus ruletkasi” qanday bo‘lishini ko‘rsatish uchun peshonasiga to‘pponchasini tirab tepkini bosgan va tasodifan o‘lgan.

Hurriyat gazetasi Bayramovaning so‘roqda bergan ko‘rsatmasidan iqtibos keltiradi:

“Ramazon bilan birgalikda qo‘l telefonimda rus ruletkasi videosini tomosha qildik. Keyin Ramazon, bu o‘yin unday emas, mana bunday o‘ynaladi deb to‘pponchani chap qo‘liga olib peshonasiga tiradi. Uni to‘xtatib qolishni istadim, ammo kech bo‘lgan edi. To‘pponcha otildi. Ko‘z o‘ngimda o‘ldi”

Tergovchilar “Rus ruletkasi” hikoyasiga ishonmadi

«Tergovchilar Bayramovaning ko‘rsatmasidan ziddiyat topishdi» deya yozadi Hurriyat gazetasi. Tekshiruvlar asnosida na Bayramovaning va na O‘zchelikning telefonidan “Rus ruletkasi” videosi tomosha qilinmagani aniqlangan.

Tergovchilarning matbuotga bildirishicha, Turkiya prezidenti tan soqchilari qo‘lidagi mavjud to‘pponchada rus ruletini o‘ynash imkoni yo‘q.

Eltuz suhbatlashgan tarixchi Sergey Spiridonovga ko‘ra, rus ruletkasi odatda olti o‘qli revolverda o‘ynaladi.

«Russkaya ruletka yoki gusarskaya ruletka deb ataladigan bu ekstremal qimor o‘yini asosan revolverda o‘ynaladi. Turkiya politsiyasi qo‘llanadigan va o‘qdoni to‘pponcha dastagida joylashgan qurolda buni o‘ynash imkonsiz.

O‘yin keng tarqalgan va kinolarda ham aks etgan. Revolverning 6 o‘q sig‘adigan barabaniga bitta yoki ikkita o‘q solinadi. Keyin baraban aylantirilib o‘q qaerdaligi chalkashtiriladi. Keyin chikka, yo pikka deb tepki bosiladi. Ko‘p xollarda bu o‘yin o‘lim bilan tugaydi» deydi tarixchi.

Marhumning onasi: O‘g‘limni tuzoqqa tushirib o‘ldirishdi

O‘g‘lining o‘lim habarini uyiga kelgan politsiyachilardan eshitgan Zaynab O‘zchelik uning o‘zini o‘ldirganiga ishonmasligini aytadi:

«Uni tuzoqqa tushirib o‘ldirishgan. Qotillikning jiddiy tergov qilinishini talab qilaman” deydi u turk matbuotiga.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2015
“Hokimiyat tomonidan yerim noqonuniy tortib olib qo‘yildi” degan shikoyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi ...
22 sentyabr 2017
Izoh sizdan… Rassom Tuz Eltuz.com
13 fevral 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Toshkent shahridan. Avtobus haydovchisi oyligi vaqtida berilmayotganidan shikoyat ...
28 may 2018
Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida shu kunlarda jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilayotgan uch foizlik kreditning manbai korruptsionerlardan musodara qilinayotgan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...