Asosiy mavzular
30 iyun 2017

Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanaliga raxbar bo‘ldi

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 30 iyun kuni “Ëshlar” telekanaliga Bosh direktor etib tayinlandi.

Bu haqda prezident Mirziyoev “Kamolot” yoshlar harakati qurultoyi bilan qo‘shib o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida bildirdi.

Shavkat Mirziyoev, shuningdek «Kamolot» tugatilib, o‘rnida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuzilganini e'lon qildi.

Endilikda Davlat tashkiloti sanaladigan Yoshlar ittifoqi nufuzi ko‘tarilib, unga «Yoshlar» telekanalining 50 foiz ulushi ham qo‘shib berildi.

Prezident Mirziyoev raxbari etib Nazarbekovning tayinlanishini, telekanalda yoshlarga ta'sir o‘tkaza oladigan shaxs kerakligi bilan izohlagan.

Karimov davrida katta sahnadan «sal chekkaga surilgan» Nazarbekov O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lganidan keyin tag‘in yuksala boshlagan, bir qancha san'atkorlar bilan Toshkentdagi katta qurilishlarga hissa qo‘shish «tashabbusi bilan» tanilgandi.

Shuningdek, yaqinda uning Davlat idoralari korporativ bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalanilishi haqidagi shikoyati haqida Eltuz nashrida maqola chop etilgandi.

2 iyun kuni «O‘zbekkontsert» idorasi yig‘ilishida Nazarbekov Madaniyat vazirligida maxsus tijorat bo‘limi ochish va artistlarning korporativlardagi xizmat haqini shu bo‘lim orqali to‘lash taklifini kiritgandi.

1974 yilndijonda tug‘ilgan Ozodbek Nazarbekov Toshkentdagi San'at institutini tugatgan yakkaxon san'atkordir.

2007 yili u O‘zbekiston xalq artisti, 2012 yili Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvonlarini olgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2021
Manqurt «doda»lar rusga sotqinlik evaziga berilgan yuksak lavozim, lyuks mashina va uylarni xayol qilayotgan zamonlarda biz mazlum xalqimizning paxta ...
27 avgust 2020
“O‘zbekiston” telekanali orqali 2020 yil 26 avgust kuni uzatilgan ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatuv ekspertlari yana bir bor yirtiq kiyim bosh kiyishni qoralab chiqishdi. So‘zga chiqqanlardan ...
3 fevral 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydiMS: Odom odom bilan uchrashadi. Lekin ...
20 iyul 2022
Kecha hayotida ko‘pni ko‘rgan, Karimov qatag‘onlaridan tirik chiqqan, O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy elitasini ich-ichidan biladigan shaxs  – sobiq sudyalardan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...