Asosiy mavzular
20 iyul 2022

Toshkentda sudyaning oylik daromadi qancha?

Kecha hayotida ko‘pni ko‘rgan, Karimov qatag‘onlaridan tirik chiqqan, O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy elitasini ich-ichidan biladigan shaxs  – sobiq sudyalardan biri bilan gaplashdim.

Rassom Tuz ochiq, dildan gaplashadi va o‘z manbasini oshkor etmaydi.

Mavzu, tabiiyki, Prezident apparatidagi so‘nggi kadr o‘zgarishidan tortib, O‘zbekistonni chirmovuqday o‘rab olgan korruptsiyagacha edi.

Sobiq sudya bergan ma'lumot meni shok holatiga tushirdi va bu haqda yozmasam bo‘lmaydi degan xulosaga keldim.
Jurnalist bilgani va aniqlaganini yozishi kerak – bu jurnalistikada oltin qoida.

Sobiq sudyaning iddao qilishicha, qaysi daromadli sohani olmang, quyi zvenoda boshlangan korruptsiya zanjiri prezident apparatiga borib taqaladi.

U bunga misolni o‘z sohasi – sud tizimidan keltirdi.

Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda 11 ta tuman bo‘lsa, har bir tuman sudi shahar sudiga oyiga yarim million dollardan “uzatar” ekan.

Men tabiiyki, bunday bo‘lishi imkonsiz, buncha pulni bir sudya oyiga qaerdan topadi, deya e'tiroz bildirdim.
Sudya xomcho‘tga o‘tdi: O‘rtacha bir tumanda oyiga 300 ta ish ko‘riladi, deb tasavvur qiling. Bu ishlardan, deylik, 100 tasida sudya jazoni maksimum beradi. Chunki, ro‘zg‘orni zo‘rg‘a tebaratadigan velosiped o‘g‘rsining ota-onasida sudyaga beradigan hech vaqosi yo‘q.

Qolgan ellikta sudlanuvchi, aytaylik, 2-3 mingdan beradi va shartli jazo yoki jarima bilan qutuladi.
Og‘irroq jazo sodir qilgan 50 ta sudlanuvchi 10 minggacha uzatib, qamoqdan omon qoladi.

Yanada og‘irroq jinoyat sodir qilgan keyingi kategoriyadagi elliktalik esa sudyaga 50 ming dollargacha uzatib, suvdan qup quruq yoki yarim quruq chiqib ketadi.

Undan yuqori ketegoriyadagi sudlanuvchilar stavkasi 50 mingdan boshlanib, deylik, 100 ming bilan tugaydi.
Shunday ekan, tuman sudyasiga yarim million dollarni topish va shahar sudyasiga uzatish – semichka chaqishday yumush.

O‘z navbatida shahar sudi oliy sudga uzatadi. Stavka ko‘proq, lekin daromad ham shunga yarasha.

Oliy sud esa zanjirning so‘nggi uchi – Prezident apparatidagi okaxoniga oylik «dolya»sini har oy yetkazib turadi.

Okaxon ko‘pni ko‘rgan tullak, – deydi suhbatdoshim. – Uni siljitish yangi rahbarga oson bo‘lmaydi.

U gapiga prezident so‘zidan iqtibos keltirish bilan nuqta qo‘ydi.

Toshkent va viloyatda har bir sudya o‘ziga do‘kon ochib olgan, degandi prezident Mirziyoev Toshkent shahri va viloyatida sud tizimida ildiz otgan korruptsiya haqida gapirarkan.

Xullas, Shavkat Mirziyoevning inson qadri tamoilini sudyalar soqqa tamoiliga aylantirmoqda.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
3 may 2018
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston parlamenti tarixidagi ilk hukumat soati hukumat a'zolarisiz o‘tkazildi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ...
18 may 2017
Shahrixon tumanida yuz bergan ommaviy zaharlanish muzqaymoq biznesiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. Andijon shahridagi o‘nlab muzqaymoq do‘konlarida savdo 30 % ...
16 mart 2017
Bugun, 2017-yil 16-martda O‘zbekistonda «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Mazkur Qonun muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2016 ...
17 yanvar 2020
Birov bir nima desa, darrov laqqa tushma. Kishining gapiga quloq sol, ammo bilganingdan qolma. Yetti o‘lchab bir kes. Bu ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...