Asosiy mavzular
21 iyul 2017

Valyuta yetishmayotganidan Farg‘onaliklar jo‘natmalarini olisholmayapdi

Farg‘ona viloyati aholisi o‘z yaqinlaridan kelgan jo‘natma pullarni olishga qiynalmoqda. Banklar oldida uzunqator navbatlar hosil bo‘lgan.

«O‘g‘lim Rossiyada ishlaydi, har oyda ma'lum miqdorda pul jo‘natadi. Qish va bahor faslida qaysi bankka borsak jo‘natmalarni dollar shaklida olishimiz mumkin edi. Endi faqat tumanlarda “Agrobank”, Qo‘qon shahrida esa Ipoteka, Universal, Infinbanklar berar ekan xolos. Shuning uchun mana uch oydan buyon o‘sha pullarni olishga qiynalyapmiz. Kun bo‘yi navbatimiz kelishini kutamiz. Ba'zan dollar tugab qoldi, deb jo‘natmalarni o‘z egalariga berishni to‘xtatib qo‘yishadi» – dedi navbatda turgan ayollardan biri.

Eltuz muxbiri tumanlardan biridagi “Agrobank”ning aynan pul jo‘natmalarini tarqatish bo‘limi xodimi bilan suhbatlashganda u ham bank g‘aznasida valyuta qolmaganligini, bu kvartal uchun limit tugaganligini aytdi.

«Qo‘qon shahridagi “Ipoteka” bankiga borsam, eshik tagidagi qorovul-melitsionerlar valyuta yo‘qligini, yaqinlarimdan kelgan pulni boshqa bankdan olishim mumkinligini, “Qachon valyuta bo‘lishini so‘rasam, ular avgust oyi boshida bo‘lishini aytdi. Keyin “Infin”bankka bordim. U yerda sakkizinchi yigirmattalikda 149 bo‘lib ro‘yxatga yozildim. Bu soat 8 yarim bilan 9 lar o‘rtasidagi holat edi. Mendan keyin ham navbat olganlar bo‘ldi, – dedi yana bir ayol.

Nasima Davron qizi
Farg‘onalik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 mart 2022
Mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik tuyg‘usi ozgina bo‘lsa ham ichida borlar bilan suhbat qurayotganimga ishonaman. Ular balki ming, balki ...
31 mart 2023
Shu kunlarda eltuzning jumbul jamoati quyosh chiqqandan quyosh botganga qadar yemak ichmakdan, yomon gaplardan tiyilib, tangri taborak rizoligi uchun ...
8 fevral 2017
7 fevral kuni o‘tgan selektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoev, tug‘uruqxonalarda poraxo‘rlik ochiqdan-ochiq tus olgani haqida gapirdi. «Tug‘ilganga pul berish ...
7 iyul 2019
«Ozodlik ohanglari» audiokitobi o‘zbek modern she'riyatining asoschisi Rauf Parfi she'rlari bilan ochiladi. «Eltuz» nashri bu kitobdan o‘rin olgan she'rlarni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...