Catira
27 noyabr 2017

Hokimlar eshak go‘shtli «Sharshara»ni ko‘p yemoqdami?

Bosh prokuratura huzuridagi departament «Sharshara» savdo belgisi ostidagi kolbasalar eshak go‘shti qo‘shilgan holda savdoga chiqarilishining oldini olganini ma'lum qildi.

Bu haqdagi xabarlarda aytilishicha, xorazmlik «hojatbaror»lar «Gold Premium product» MChJga qariyb 70 kg eshak go‘shtini yetkazib bergan.

Bu firma esa eshak go‘shtini qo‘shib, kolbasa chiqarishga hozirlagan. Tekshirib ko‘rilganda eshak go‘shti qo‘shilgan 275 kilogramm yarim tayyor mahsulot ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Bunday xabarlarni o‘qiganda kolbasa ishlab chiqarish sohasining har doim doim ham halol faoliyat yuritmaganiga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin.

Andijon shahri hokimi Rahmatullaev o‘qituvchilarni, eshak degan edi

Chunki go‘shtning o‘zi qimmat bo‘lgan davlatda kolbasaning nisbatan arzon bo‘lishi g‘alati tuyuladi. O‘zbekistonda esa aynan shunday.

Shuning uchun O‘zbekistonda kolbasa ishlab chiqarish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar haqida tez-tez turli xabarlar paydo bo‘lib turadi.

Ancha yillar oldin «To‘xtaniyoz ota» savdo belgisi bilan chiqadigan kolbasaga qo‘shilgan qo‘shimchalar yuzasidan huquq-tartibot idoralari jinoyat ishi ochgani haqidagi xabarlar urchigandi.

Hali ko‘p vaqt bo‘lmadi, Samarqanddagi «eshaklar qabristoni» haqida ma'lumotlar o‘zbek matbuotini tutdi.

Bu «qabriston»dan abadiy makon topgan eshaklarning go‘shtlari ham O‘zbekistondagi kolbasa ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning mahsulotlariga qo‘shilmaganiga kafolat yo‘q.

Bir necha yil ilgari poytaxtdagi talabalar shaharchasidagi kafeda ovqatlanganlar eshak go‘shtidan zaharlangani haqida ham ma'lumotlar oshkor bo‘lgan edi.

Xullas, O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shti qimmatlab, eshaklarga qiron keldi. Ilgari qishloqlarda har bitta oilada eshak bo‘lgan bo‘lsa, bugun bu jonivorni onda-sonda uchratasiz.

Lekin hokimlar tilidan «eshak» so‘zi tushmay qolgani ham bugunning haqiqati. Bu balki eshaklarning kamyoblashib qolgani asoratidir.

Hokimlar ko‘pincha majburiy mehnatni tashkil etishni eplay olmayotgan ta'lim muassasalari rahbarlariga nisbatan shu so‘zni ishlatmoqda.

Ammo bu tobora yo‘qolib borayotgan eshakka nisbatan hurmatmi yoki hokimlarning eshak go‘shtli «Sharshara»ni ko‘p yeyayotgani oqibatimi, buni aniq aytish qiyin.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 mart 2019
G‘ayrat Bobojonov 50 yoshda. Shundan 25 yilini jurnalistikaga bag‘ishladi. Jurnalistik faoliyatini O‘zbekiston tarixidagi ilk mustaqil telekanalda 1994 yili boshlagan ...
5 fevral 2021
(Arafadagi o‘ylar) Bu savolni sizga emas, o‘zimga berdim uzun yillar davomida.Bu savolga bugun javobim bor, alhamdulilloh, ammo kecha yo‘q ...
27 fevral 2017
Oldingi dayjestlarimizda bir necha bor O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan elektron ommaviy axborot vositalarida uyg‘onish epkini esayotgani, ular avval umuman ...
3 iyun 2019
28 may kuni Toshkentda o‘tgan konferentsiyada prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva mahalliy ommaviy axborot vositalarining «oqsayotgani»ni aytib tanqid qildi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...