Catira
19 fevral 2018

IIV: Bir yilda 230 nafar militsiya xodimi jinoiy jazoga tortilgan

Ichki ishlar vaziri, 57 yoshli Po‘lat Bobojonov o‘tgan yili «IIVning 230 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 8 ming 32 nafar xodimga intizomiy chora ko‘rilgani»ni aytdi.

Bu haqda ichki ishlar vaziri 18 fevral kuni O‘zA muxbiriga bergan intervyusida bildirdi.

«Biz domiy ravishda saflarimizni nopok xodimlardan tozalab kelmoqdamiz», dedi vazir o‘z intervyusida.

Po‘lat Bobojonov 2017 yilning sentyabrida boshqa ishga o‘tkazilgan ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovning o‘rniga tayinlangandi.

2017 yil davomida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida uch vazir almashdi.

2017 yilning 25 yanvarigacha IIVni Islom Karimov tomonidan tayinlangan Adham Ahmadboev boshqardi, Mirziyoev prezident bo‘lgach, fevral oyiga kelib uzoq yillar IIVda tergovchi bo‘lgan Abdusalom Azizov bu lavozimni egalladi.

Lekin bir oy o‘tmay prezident uning o‘rniga xalq orasida «murosasiz nemis» degan nom chiqargan Po‘lat Bobojonovni tayinladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisda sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmadboevni «sotqinlik»da aybladi.

Yig‘ilishdan ko‘p o‘tmay, 26 yanvar kuni Prezident gvardiyasi, Ichki ishlar va Bosh prokuratura xodimlaridan tuzilgan qo‘shma tezkor guruh tomonidan Ahmadboev hibsga olindi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2019
Bizni yemirguvchi illatlar haqida gapirsam. Bu kalimani yuz yil oldin Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan edi. Mavzuga kirishdan oldin avvalgi safar ...
31 iyul 2018
O‘zbekistondagi «Toshturma», Ukrainadagi «Obolon» turmasidan har bir kamerada «loxmach»lari va «kozyollari» borligi bilan farq qiladi, deya eslaydi Muhammad Bekjon ...
23 oktyabr 2015
U paytlardagi katta krizis qarshisida hukumat ojiz edi. Migrantlarning kelib ishlashlari tugul, hatto mahalliy xalq ham ishsiz, pulsiz yurardi. ...
22 fevral 2021
Namangan viloyati hokimi prezident kelgan paytda tanqid qilingan mahallada bu yerda sharoit yaxshilanguncha yashashini bildirdi. — Har kuni shu ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...