Asosiy mavzular
21 fevral 2018

Ahmadboyga 13 yil berildi

Moliyaviy piramida yaratgan chinozlik tadbirkor, 40 yoshli Ahmad Tursunboev 13 yilga hukm etildi. Amnistiya qo‘llanib, jazo to‘rtdan birga qisqartirildi.

Rassom Kirpi -2018

Shuningdek, Tursunboev bir yilga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilib, unga tag‘in 52 million 96 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.

16 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida unga so‘nggi so‘zni aytish imkoni berilgandi.

Rassom Tuz – 2016

«Men fuqarolarni aldamaganman. Odamlar o‘z xohishlari bilan pullarni olib kelgan. Men dehqonchilik, qassoblik va chorva bilan shug‘ullanganman. Men hech qachon xalqni aldamaganman, birovning haqini yemaganman. Shu yoshimgacha hech qachon insonlarni aldamaganman», dedi Ahmadboy suddagi so‘nggi so‘zida.

Rassom Adolat – 2016

Chinoz «Avto Hamkor» shirkati rahbari Ahmad Tursunboev ustidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik) va 170-moddasi (aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish)bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Shuningdek, Tursunboev 177-modda – valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda – chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.

Moliyaviy piramida yaratganlikda ayblanayotgan Ahmadboy 2016 yilning iyun oyi o‘rtalarida qamalgan, uning uyidan 13 milliard so‘m va 12 million AQSh dollari chiqqan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 sentyabr 2019
«Farhod to‘nqayib tomosha qilayotganlardan birining dumbasiga zarb bilan tepdi. Tepki yegan “tomoshabin” “voy!” deb baqirdi. Baqiriqdan so‘ng uch soniya ...
28 mart 2016
Navro‘z mavzusini davom ettirgan «Adolat» gazetasi bu bayram eskilik sarqiti, diniy marosim sifatida taqiqlangan, hatto kommunist amaldorlar qishloqma-qishloq yurib, ...
26 yanvar 2022
EltuzTG January 26, 2022 25 yanvar kuni Toshkentning qoq markazida joylashgan “Ogni Tashkenta” restoranida o‘zbek mafiyasining eng ko‘zga ko‘ringan ...
23 sentyabr 2023
«Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Verbovo mudofaa liniyasini yorib o‘tdi va oldinda yanada kattaroq zafarlar kutilmoqda», dedi «Tavriya» qo‘shinlarining tezkor-strategik ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...