Catira
22 mart 2018

Tomorqa vazirligi tuziladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati faollari bilan uchrashuvda bildirdi.

“Agar tomorqani aql bilan qilsak, bir yilning o‘zida 29 ming kishi ish bilan ta'minlanadi.

Kechirasizlar-u, odamlarni mehnatdan yiroq qilib qo‘ydik. O‘zining hovlisida mehnat qilmaslik O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi. Jomga borganimizdayam ko‘rdik, katta qishloqda yashab, kartoshkani, sutni bozordan olyapti. 8 sotix yeri bor odam. Bu nima tirikchilik? Bu qanaqa iqtisod? Bunga qaysi davlat chidaydi? Kimni boqib bo‘ladi bunaqada», deya ta'kidlagan prezident bundan buyon prokurorlar tanbal fermerlarni tekshirishini aytdi.

“Endi har bir hokimlikning 4 rahbari – hokim, ichki ishlar boshlig‘i, prokuror, soliqchi, o‘rinbosarlar uyma-uy yuradi, faqat birinchi o‘rinbosarlar idorada o‘tirsa bo‘ladi. Prokuror prokuraturaga kirmaydi, tumanda yotadi. Yo‘qsa, ishdan olib tashlayman. (O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri, bosh vazir o‘rinbosari) Jamshid Qo‘chqorov tushuntirib beradi tomorqa nimaligini», dedi prezident.

Majlisda Mirziyoev Xitoy dehqoni 8 sotix yerdan million dollar ishlayotganini aytib¸ tanbal o‘zbek fermerlariga dakki berdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2017
Yangi yil oldidan rossiyalik milliarder, agar uni O‘zbekistonga chaqirishsa borishga tayyorligini aytdi. Uni O‘zbekistonda kim kutayotgani, kim chaqirishi qorong‘u. ...
1 may 2015
Islom Karimov O‘zbekistonga 1989 yildan rahbarlikni boshlagan. 24 yil avval. Juda ham qadimdan. Bu vaqt ichida u ancha qartayib ...
3 dekabr 2019
Stokgolmning chekka hududida joylashgan temir to‘siq ortidagi ko‘rimsiz uyda Shvetsiyaga kelib qurilishlarda ishlayotgan 11 nafar mehnat migranti yashaydi. Ularning ...
24 aprel 2019
Adliya vazirligining o‘z telegram kanali orqali yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish javobgarlikka tortilishga ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...