Asosiy mavzular
1 fevral 2019

Yo‘qolgan yigitning murdasi bug‘doy dalasidan topildi

Gurlan tumanida bedarak yo‘qolgan 21 yashar Murodjon Boboxonovning jasadi 31 yanvar kuni bug‘doy dalasidan topildi. Shu kuni tushdan keyin mol boqib yurgan yigit murdani ko‘rib qolgan va tuman IIB xodimlariga xabar bergan, deya bildirdi «Eltuz»ga voqea guvohlaridan biri.

Uning aytishicha, bundan bir oy burun – 31 dekabr kuni tungi ziyofatdagi janjaldan keyin yo‘qolgan yigitni qidirishga Xorazm viloyati IIBning 50 dan ortiq xodimi safarbar qilingan.

«Lekin militsiya xodimlarining qo‘lidan odam kaltaklashdan boshqa narsa kelmadi. Tovoniga ayovsiz dubinka bilan urilgan yigitlardan biri yura olmay qoldi», deydi u.

Tergovga chaqirilgan guvohlardan birining «Eltuz»ga bildirishicha, qidiruv jarayonida yigitning o‘nlab ziyofatdoshlari tergov paytida ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangan, Nurli yo‘l, Oq oltin mahallasida yashovchi 20-30 nafar shaxs tuman IIBda 15 soatlab ushlab turilgan.

10 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining selektor yig‘ilishida IIV faoliyatini qoniqarsiz deb topgan prezident Mirziyoev ularni “pogonni osib olib likillab yurgan poraxo‘r” va “cemizligidan 10 metrga ham yugura olmaydigan va o‘g‘rini quvib yetolmaydigan meshqorin IIB xodimlari”, deya atagan edi.

Jumanazar Qurolov,
«Eltuz»ning Xorazm viloyatidagi
muxbiri taxallusi

Tag‘in o‘qing
25 aprel 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish shu nomdagi partiya o‘zbek tilining sofligini saqlash, adabiy til me'yorlari va qoidalariga amal ...
24 aprel 2016
Bundan 5 yil oldin Toshkent shahar xokimligi Chexiyadan 20 ta tramvayni donasiga bir million AQSh dollari to‘lab sotib olgan ...
14 iyul 2017
Oshkoralik va shaffoflikni o‘ziga shior qilib olgan O‘zbekiston hukumati bug‘doy o‘rim-yig‘imi mavsumida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalarida ...
20 noyabr 2020
Istayman: uyimning derazalari Doim ochiq tursin, lang ochiq tursin. Xonamda o‘ynasin quyosh zarlari, Yetmish yurt – iqlimdan shamollar yursin. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...