Kundalik
24 yanvar 2016

O‘zbekistonda 23 yashar millioner yashamoqda

O‘zbekiston rahbariyati “bizda millionerlar yo‘q” deb turgan bir paytda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanida 23 yashar millioner istiqomat qilmoqda.

Agar Yakkabog‘ga borib “qani millioner” desangiz sizga Ro‘ziqul akaning uyini ko‘rsatishadi. Huddi shu uyda Millioner istiqomat qiladi.

rasm785
Qamashida tug‘ilgan qizaloqqa Ishani, deb ism qo‘yishgandi
Ishonmasangiz pasportini ko‘rishingiz mumkin. Bu yigitning pasportida Millioner Ërmatov Ro‘ziqul o‘g‘li deb yozilgan. Ro‘ziqul aka bu savolga javob beraverib ko‘nikib ham ketgan.

“Ha endi yahshi niyat bilan qo‘ydikda. Balkim hali millioner bo‘lar” deydi Millionerning otasi. 1993 yilda tug‘ilgan Millioner Ërmatov kelgusida Rossiyaga borib ishlab pul topmoqchi.

Qashqadaryoda bolalarga ism qo‘yish masalasidagi erkinlikka hech kim shubha bildirmaydi. O‘tgan yil avgustda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida tug‘ilgan qizaloqqa Ishani, deb ism qo‘ygan edi.

Ishani «Yoshlar» telekanalida qisman namoyish qilingan Hindistonda suratga olingan «Senga oshiqman» seriali bosh qahramonlaridan birining ismidir.

Bungacha, O‘zbekistonning turli hududlarida tug‘ilgan bolalarga Ishani (Qashqadaryo), Messi (Farg‘ona), Ronaldo (Xorazm) kabi ismlar qo‘yilgani ma'lum bo‘lgandi. Shuningdek, O‘zbekistonning turli shaharlarida Bryus Li, Chingachguk, Maradona, Neymar, Devid Bekxem, Jumong kabilar uchraydi.

Muqaddas Ro‘zimurodova
Qarshi, Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 iyul 2018
«Arsenal» klubi yarim himoyachisi, 29 yoshli Mesut O‘zilning turk ekanligi Germaniyaning jahon chempionatidagi omadsizligi bois, uning yuziga solindi. «Agar ...
21 yanvar 2016
Sifatsiz xizmat uchun to‘lovlar oshadi Sputnik internet nashri 2016 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari uchun soliq to‘lovidagi ...
1 fevral 2023
O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi vaziyatni ichdan biluvchi ikki manbaning Eltuzga bergan ma'lumotdan anglashilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli ...
11 noyabr 2019
Oddiygina avariya sodir etgani sabab ichki ishlar idorasiga olib borilgani ortidan ikki hafta bedarak ketgan andijonlik Abdulloh Tohirovning boshidan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...