Asosiy mavzular
30 noyabr 2020

Qora tanlilarni “qul qilganlik”da ayblangan qo‘shiqchining “haqiqatlari”

Nigeriyadan ikki qora tanlini olib kelib, uyi oldidagi konteynerga qamab qul qilganlik ayblovlari bilan yuzma-yuz qolgan 26 yoshli qo‘shiqchi, Siroj Boom taxallusi tanilgan Siroj Uzanov   “Eltuz”ga bergan suhbatida ularga faqat yaxshilik qilganini aytdi.

– Men o‘zbek san'atiga mehri balandligi uchun ularni hamkorlikka chaqirganman, – deydi Siroj Boom. – Menga pul bermaydi, ishlatadi, deb nolib internetlarga chiqish qildi. Men ularning ijod qilishi uchun imkoniyat yaratib berdim. Ko‘p kishi bilan tanishtirdim. Bu yerda yaxshi obro‘ topdi. Mening ko‘magim bilan ozmi-ko‘pmi tanildi. Ular esa meni vahshiyga chiqarib qo‘ydi.

Siroj Boom o‘z haqiqatlari borligini, tarqatilgan ma'lumotlarning ko‘pi “yolg‘on” ekanini ta'kidladi. U odamlar haqiqatni bilmay turib uni hatto haqorat qilishayotganini aytar ekan, aybi bo‘lsa, qonun oldida javob berishga tayyorligini bildirdi. 

“Eltuz”ga ma'lum bo‘lishicha, o‘zlariga Shoh va Munisa taxalluslarini olgan, Siroj Boom sha'niga ayblovlar bilan chiqayotgan nigeriyalik aka-singil hozir Dubayda. 

Bu yerga dadamni ko‘rgani keldik. Shaxsimizni tasdiqlovchi hujjatlarimiz hozir o‘zimizda. Toshkentga qaytgandan so‘ng, albatta, Eltuz muxbiriga voqealarni batafsil aytib beramiz, – dedi Shoh. – Siroj o‘zini oqlash uchun bahona izlab yuribdi. 

Biz unga dushman emasmiz. Faqat uni insofga chaqirmoqchimiz. Musulmonga yarashadigan ishlarni qilmayapti. Biz Toshkentga qaytamiz. Ijodiy faoliyatimizni davom ettirmoqchimiz. O‘zbek san'atiga mehrimiz bo‘lakcha, o‘zbek xalqiga ham. Faqat bizga insofli hamkor kerak.

Eltuz”ga taqdim etilgan, o‘zbek xonandasi ayblangan videoda nigeriyalik aka-singil xonanda Siroj Boomning hovlisida yashagani, xonadon egalari ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olib qo‘ygani aytiladi. (Siroj Boom “Eltuz”ga ular o‘z ixtiyori bilan hujjatlarini topshirganini bildirgandi). 

Shuningdek, videoda aka-singil haqorat qilingani, aldangani va majburlab ishlatilgani, ularga kiyim olib bermagani, hatto kir yuvish, yuvinish uchun sharoit yaratmagani, qo‘shiqchining onasi ularni tahqirlagani, o‘zi shaxsiyatga teguvchi gaplar aytgani qayd etilgan. 

Aka-singil Dubaydan Toshkentga qaytgandan so‘ng “Eltuz” mavzuga yana qaytadi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 avgust 2016
Prezident farmonida, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori ...
28 aprel 2021
Rassom Elsevar
5 aprel 2019
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev 4 aprel kuni uy ...
12 fevral 2020
Toshkent harbiy mahkamasi sobiq mulozim Rafiq Sayfulin va O‘zbekiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshqarma boshlig‘i Akbar Yorboboevni davlatga xoinlik ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...