Asosiy mavzular
19 sentyabr 2022

Yevropa yoz bilan xayrlashmoqda

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha  19 sentyabrdan e'tiboran turistik Shengen vizasi bo‘lgan rossiyaliklarni mamlakatga kiritmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Ular mazkur taqiq uchinchi mamlakatdan viza olgan rossiyaliklarga ham tegishli bo‘lishi ta'kidlaganlar. Demak, bundan buyon rossiyaliklarga Yevropa Ittifoqiga kirish uchun darcha sifatida faqat Finlyandiya qolmoqda. Insonparvarlik nuqtai nazaridan ayrim shaxslarga, jumladan dissidentlar uchun ham kirishga ruxsat beriladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan keng ko‘lamli urushi munosabati bilan ruslarga vizalar va yashash uchun ruxsatnomalar berishni sezilarli darajada cheklagandi. Biroq shu paytgacha bu davlatlar orqali Yevropa ittifoqining qolgan mamlakatlariga sayohat qilish mumkin edi. Rossiyaliklar ulardan, shuningdek, Finlandiyadan Yevropa ittifoqiga quruqlik chegarasi orqali kirish uchun foydalangan.
Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas Yevropa ittifoqining boshqa davlatlarini ham ushbu taqiqqa qo‘shilishga chaqirdi. «Biz Rossiyani urushni tugatishga majbur qilish uchun barcha vositalardan foydalanishimiz kerak», dedi u. Kallasning aytishicha, rossiyaliklarning atigi 30 foizida xorijga chiqish pasporti bor, ular Rossiya elitasiga mansub va Kreml qarorlariga ta'sir o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Oldinroq Yevropa ittifoqi Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgan edi. Shu kunlarda Portugaliyada xizmat safarida bo‘lgan muxbirimizning aytishicha portugaliyaliklarning aksar qismi ukrainlarni qo‘llaydi va rossiya vatandoshlarining o‘z yurtiga qaytib borib, bosqinchi Putin rejimini ag‘darishi kerak, degan fikrda. 18 sentyabr oqshomi Lissabon markazida o‘tgan «Alvido oltin yoz» tadbiri ishtirokchilari ham shu fikrda. Ular urushqoq ruslarga va jazirama yozga xayr deya barabanlar chalib raqsga tushishdi. Bu tadbir yevropa yozda ham qishda ham Rossiyasiz baxtiyor yashayveradi degan mujdani berdi.

Video: https://youtu.be/XTQ8C4ZcUrE

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 noyabr 2016
Rossiyada Karimov nomidagi hiyobonning paydo bo‘lishi birinchi noyabrga, boshqacha aytganda jodugarlar kuni – Hellouinga to‘g‘ri keldi. Moskva meriyasi shuningdek, ...
31 dekabr 2022
2018 yilning 28 iyunida Xitoyning Shindau shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Xalqaro Tashkiloti sammitida mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” ...
17 fevral 2023
Bugungi juma va'zini qisqa yangilikllar bilan boshlasam. Toshoblda eri Rossiyaga ishlagani ketgan, xotinni  ikki bolasi ko‘z oldida to‘rtta mahalladosh  o‘zbek erkak ...
4 sentyabr 2020
Hafta aylanib yana takiyamni kiyib sizga qarab og‘iz juftladim. Televidenie bo‘yicha o‘tgan treninglarimda mentor ohang, ya'ni aql o‘rgatish tomoshabinni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...