Kundalik
20 sentyabr 2015

Urlaeva qamoqqa olindi!

“Hokimiyat tomonidan yerim noqonuniy tortib olib qo‘yildi” degan shikoyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Qamchibekov Sherzod ismli fermer “Alyans” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti yetakchisi Yelena Urlaevadan ko‘mak so‘rab kelgan edi.

To shu kunga qadar Yelena Mixaylovna fermer Sh. Qamchibekovning paymol bo‘lgan huquqlarini himoya qilib keldi. Qonunni nazorat qiluvchi yuqori idoralarga, jumladan, Respublika prokuraturasiga shikoyat arizalar kiritdi.

Bugun, 2015 yilning 19 sentyabr, shanba – dam olish kuni Sherzod Qamchibekov “Bizda daryo bor, baliq tutamiz” deya Urlaevani oilasi bilan “baliq ovi”ga taklif etadi.
Tabiatan ko‘ngli ochiq bo‘lgan ayol hech bir narsadan hadik qilmay, turmush o‘rtog‘i Mansur Masharivof bilan birgalikda Quyi Chirchiqqa daryo bo‘yiga chiqadi.

Urlaevaning telefon orqali tezkor va qisqa xabariga tayanadigan bo‘lsak, kech, taxminan soat 18.30 larda “qandaydir yo‘qolgan baliq tutuvchi qarmoqni o‘g‘irlaganda” ayblangan Yelena Urlaeva, Mansur Masharipof va fermer Sherzod Qamchibekovlar Quyi Chirchiq tuman IIB xodimlari tomonidan xibsga olinadi.

Ayni damda Ye. Urlaeva, M. Masharipov va Sh. Qamchibekovlar Quyi Chirchiq IIBsida, alohida-alohida kameralarda saqlanmoqda.

Qamoqqa olingan shaxslar bilan aloqa uzilgan.

O‘zbekistondagi huquq faollariga “Qamoqqa olish tadbiri uyushtirilgan bo‘lishi mumkin” degan taxminda.

Gumonimizcha, baliq oviga chiqqan Yelena Urlaevaga aslida, kuch ishlatar tizimlar qarmoq tashlashgan ko‘rinadi. Ko‘rinib turibdiki, bu gal kuch ishlatar tizimlarining qarmog‘iga kattaroq “o‘lja” ilingan.

Malohat Eshonqulova,
mustaqil jurnalist

Tag‘in o‘qing
28 oktyabr 2016
«Hurriyat» gazetasidagi (22.10) «Jurnalist so‘zi – jamoatchilik e'tiborida» sarlavhali maqola mamlakat ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan tahliliy va tanqidiy ...
27 yanvar 2021
Darvozani tambalamagan ekanman. Chiroq yo‘q edi. O‘rnimda cho‘zilib, ko‘zimni yumib yotgandim. To‘satdan hovlimdan ayollarning bir-biri bilan gaplashgan ovozi eshitildi ...
22 mart 2017
Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning yozida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning ...
20 may 2020
Abduvali DPNK boshlig‘iga doklad qilib bo‘lganidan so‘ng menga notanish bo‘lgan katta leytenant uni so‘roqqa tuta boshladi. – Qaysi oqimdansan? ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...