Kundalik
25 sentyabr 2015

Paxta vasvasasi yoki kaltak yegan Dmitriy Tixonov…

“Dalani ko‘rishga borgan o‘zbek huquqboni tahqirlandi” degan tagsarlavhani ko‘rganlar, pinak buzishmaydi, chunki O‘zbekistonda har yili paxta terilishi, tag‘in butun xalqning bunga majburan “ixtiyoriy“ safarbar etilishi, nafaqat paxta termagan, balki terimchilar oldiga borganlarning kaltaklanishi ko‘p eski mavzu.

“Qimirlamasdan o‘tirdim. Keyin o‘sha odam qo‘liga ikki yuztacha qog‘ozlarni olib, boshqa ikki xodim hozirligida meni yuzim va boshimga ura boshladi. Urayotganda, «paxta bizning boyligimiz, bizning faxrimiz» deb baqirdi” – deydi Dmitriy Tixonov matbuotga bergan o‘z intervyusida.

Bu voqea haqidagi xabar ko‘pgina internet nashrlarida tildan tilga ko‘chdi. Bu haqda yozarkan, qancha jurnalistu muharrirlar o‘z oshi nonlarini halollab, tag‘in Gulhaniyning Zarbulmasali qahramonlari kabi ichlarida ”agar shu hukumat iqtidorda tursa yana qancha otashin mavzularga xabarlar topamiz”, deb qo‘yishadi.

Shamg‘alat o‘quvchimiz uchun esa bu oddiy hol. Qo‘lidagi mobil go‘shagini varaqlarkan, “traktor tagida qolib o‘lgan bola”, “dalada qolayotgan o‘qituvchilarning soxta dars konspektlari”, “Qurbon hayiti kuni paxta terimiga haydalganlar”, “paxtaga pul bermagan o‘quvchilarga tahdidlar”, “Paxtadan 11 million dollar zarar ko‘rayotgan zavod”, “Paxta kolonnasida 80 ta odami bilan ag‘darilgan avtobus”, “Paxtaga ketgan talabaning suvga cho‘kib o‘lgani”, “Terimga deya qoqib olinayotgan pensionerlarning pullari”, “Paxta terayotgan melisalar” va hokazo xabarlarga shunchaki ko‘z yugurtirib o‘tib ketadi.

Kunlarimiz go‘yo “Sug‘ur kuni” filmidagi kabi kechmoqda. Har yili qaytalanaverib, siyqasi chiqqan paxta vasvasasidan ko‘plar yiroq ketishni istashadi. Har yili, odamlarni paxta terishga majburlashgan, paxta uchun kaltaklashgan, o‘ldirishgan… dunyoda bundan qiziqroq narsalar yo‘qmi?

“Bularning xech qizig‘i yýq. Faqat, paxta bilan ovorasiz!”, deya yozadi feysbugda nimadandir menga zarda qilib, o‘zini ashaddiy muxolifatchi sanagan Isoqjon Zokirov degan do‘stimiz.
“Bularning xech qizig‘i yýq. Faqat, paxta bilan ovorasiz!”, deya yozadi feysbugda nimadandir menga zarda qilib, o‘zini ashaddiy muxolifatchi sanagan Isoqjon Zokirov degan do‘stimiz.

Shu yerda tag‘in sho‘rlik Dimaning kaltaklanishi masalasiga qaytsam. “Xonada guvoh bo‘lgan ikki xodim, darrov «biz hech narsani ko‘rmadik» deb aytishdi”, deydi u. Guvohlarni qo‘ya turing, aslida ularning yuqoridagi xabarlarni o‘qigan biz kabi o‘quvchilardan hech farqi yo‘q, ular ham, biz ham hech narsani ko‘rmaymiz. Biroq, kaltaklanganning holi ne kechdi…

Yarim soatdan keyin tez yordam mashinasi kelib, ikki ayol shifokor meni ko‘rikdan o‘tkazishdi” deya yozg‘iradi bechora Dima. O‘ylaysizki, ular bemorni ko‘rishga kelishgan debmi, yanglishasiz.
Men ularni chaqirmagandim, ularni militsiya chaqirgan, o‘zlarini kelajakda saqlab qolish uchun, himoya qilish maqsadida, – deydi jabrdiyda.

Internetda ko‘zim ilg‘agan bu voqeadan jig‘ibiyronim chiqib, nimalardir yozdim, bundan ortig‘i qo‘limdan kelmadi. Buni o‘qishni ham hech kim istamas, balki kimdir o‘qir, kimdir yana nimadir yozar, yana kimdir kaltaklangan do‘stimizni himoya qilish uchun unga haqiqiy yordam qo‘lini cho‘zar…

Qudrat Bobojon,
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosida O‘zbekistonda qish mavsumi, ...
10 oktyabr 2024
Toshkentdagi universitetning 21 yashar studenti odam buyragini 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini ...
12 avgust 2019
“Eltuz” orqali prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq murojaat bilan chiqqan “bir guruh ishsiz qilgan va ishlayotgan prokuratura xodimlari” hozir ham ...
3 mart 2022
O‘zbek migrantining Putinga murojaati telegramda elga ovoza bo‘ldi. «Zdarastvuyte, Putin Valadimirovich aka. Ya migrant O‘zbekistona. Dayte mne arujiya. Ya ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...