UzPoster
21 yanvar 2019

Yelena Urlaeva tug‘ilgan kunini Bosh prokuratura oldida piket bilan nishonladi

O‘zbekistonlik huquq faoli Yelena Urlaeva 21 yanvar kuni o‘zining 62 yoshga to‘lgan kunini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi binosi oldida hokimlarning zo‘ravonligiga qarshi piket bilan nishonladi.

U ko‘targan plakatda «G‘anisher Boybo‘sinovni kaltaklagan» Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzaev va Oqoltin tumani hokimi Dilmurod Fozilov, «fermer Orif Durmetovni kaltaklagan» Olot tumani hokimi Sherali Salomovni javobgarlikka tortish, shuningdek, «do‘konlarni buzayotgan» Sho‘rchi tumani hokimi Botir Alimov harakatlariga chek qo‘yish talablari yozilgan edi.

Huquq faoli tarqatgan xabarga ko‘ra, shu kuni Bosh prokuratura mulozimi Azimov u bilan uchrashgan va talablar yozilgan shiorni qabul qilib olgan. Bosh prokuror qabuliga kira olmagan arizago‘ylarning masalasi bo‘yicha ham yordam berishni va'da qilgan.

Urlaevaga ko‘ra, shu kuni uning tug‘ilgan kuni ekanini bilgan prokuratura mulozimi uni tabriklab, «tug‘ilgan kuniga qanday sovg‘a» istashini so‘ragan.

Yelena Urlaeva prokuraturadan unga eng yaxshi sovg‘a – ko‘targan plakatida ko‘rsatilgan barcha talablarning bajarilishi, shuningdek, «O‘zbekistondagi Konstitutsion tuzumni ag‘darish kabi yolg‘on ayblovlar» bilan 14 yilga qamoqqa tashlangan mahkum Hoshim Jabborovning hayotini saqlab qolish bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

«Prokuror shunday sovg‘aga rozi bo‘ldi», deya bildirdi O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansining 21 yanvar kungi xabarida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 iyun 2020
Bundan roppa-rosa o‘n yil avval O‘sh va Jalolobodda o‘zbek va qirg‘izlar orasida qonli to‘qnashuvlar boshlangan edi. Men o‘sha kunni ...
26 oktyabr 2021
Farida Sharifullina  O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida uylarni buzish paytida xususiy mulkni himoya qilish to‘g‘risidagi ...
21 oktyabr 2015
O‘zbekistonda aholi ikki toifaga bo‘linadi. (Hukumat nazarida) Birinchisi: Ayblanuvchilar. (Bularga qo‘lga olingandan boshlab to mahbus bo‘lib, qamoqda o‘tiruvchilar kiradi.) ...
23 iyul 2018
«Arsenal» klubi yarim himoyachisi, 29 yoshli Mesut O‘zilning turk ekanligi Germaniyaning jahon chempionatidagi omadsizligi bois, uning yuziga solindi. «Agar ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...