UzPoster
26 sentyabr 2024

Nomsiz mergan nega eslanmaydi?

Toshkent shahrida obod qilingan Chasovnya (Butxona) haqida ko‘plarning xabari bor.

Butxona 1865 yil Toshkent shahrini ishg‘ol qilish jarayonlarida o‘ldirilgan 24 nafar rus jangchisi xotirasiga o‘rnatilgan. 1917 yilda bu yer oktyabr inqilobidan keyin bolsheviklar tomonidan vayron qilindi. 1949 yil aholi tomonidan o‘zlashtirilib, yashash uchun uy-joy qurildi.

Yaqin yillarda esa bu yer qaytadan obod qilinib, “Do‘stlarimiz uchun” degan yodgorlik yana qad rostladi.

Ruslar bu yerni hamon ziyorat qilishadi. 15 iyun kunida Toshkent ishg‘ol qilingan kunni nishonlashda ularning soni ko‘payib qoladi.

General Chernyaev 1865 yil iyun oyida Togkent shahrini ishg‘ol qildi. U mardonavor, bo‘ysunmas Toshkent aholisining boshini egib, shaharga kirib kelish marosimini uyushtirishni buyurdi. General Toshkent yaqinidagi Kamolon qabristoni atrofidan oppoq otda o‘tib ketishi va jarayonni 2 ming boshi egik toshkentlik kuzatib turishi kerak edi.

Marshni tashkillashtirish general yordamchilari zimmasiga yuklatildi. Yaqin atrofdagi mahalla aholisi hunarmand, temirchilar edi. Bir orli mergan general Chernyaev niyatidan xabar topgandi. Generalning bu niyati merganning hamiyatiga tekkandi.

1865 yil iyun oyi o‘rtalari. Daraxtlar qalin barg yozgan. Mergan daraxt ustida oq otda Chernyaev kelishini poylayapti. Bosib olingan Toshkent xalqi Chernyaevga tazim qilishga majburan olib chiqilgan. Uzoqdan Chernyaev oti ko‘rina boshladi.

Daraxtlar ustida hushyor turgan mergan ot ustida borayotgan general Chernyaevga kamondan o‘q otdi. Nayza rus bosqinchining boshiga tegdi. U yiqilib joyida til tortmay o‘ldi. Afsuski, general Chernyaev bu kabi xavfni oldindan ko‘ngli sezgan bo‘lib, oq otga o‘tirishni o‘zi emas, oddiy rus jangchisiga buyurgan edi.

Nomsiz mergan shu zahotiyoq ushlandi. Bo‘yni egik 2 ming xalq oldida nimtalab tashlandi. Uyg‘oq yurakli, vatanparvar merganning oila azolari, yaqin do‘stlari ham qirib tashlandi.

Voqeadan shu anglashilinadiki, bunda Chasovnya yodgorligi oldida merganni eslatuvchi o‘qmi, kamonmi o‘rnatilsa, aslida, tarixan ham mantiqan yarashiqli ish bo‘lardi.

Ruslar Toshkentni bosib olishda butun boshli armiyadan halok bo‘lgan atigi 24 nafar jangchi uchun bu yodgorlikni o‘rnatgan.

Bugungi kundagi hashami oldida oy ham hijolat. Aslida, nomsiz merganning shu harakati ortidan 50 dan ortiq urug‘-aymog‘i o‘ldirilgan.

Aslida u XX asr Shiroqi edi. Mergan baribir o‘lishini bilardi, o‘ldirilishini bilardi. Biroq ajalga tik boqib, tinch elning halovatini buzgan Chernyaevdan alamini olishni xohladi.

Biz esa uning mardonavor harakati uchun yodgorlik bunyod etish tugul, eslashga cho‘chiymiz, nomini ham bilmaymiz….

Tag‘in o‘qing
17 fevral 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Kutilmagan taklif (Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonlarda)10 mart seshanba kuni ...
9 oktyabr 2020
3 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Namozgoh mahallasida istiqomat qiluvchi 41 yoshli eri Ikrom Qayumovdan kaltak yegan 32 yoshli Nigora ...
30 iyun 2021
Shovot tumani hokimligi 28 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “G‘alla rejasini bajargan fermerlardan qo‘shimcha g‘alla talab qilinmoqda” mazmunidagi xabar ...
20 iyul 2017
13 iyul kuni Izmirning Dikili tumanida qadimiy Rim davriga oid tarixiy asarlarni o‘g‘irlab ketayotganlikda ayblangan O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan N. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...