Dayjest
11 aprel 2017

Firibgarlardan avtomobil harid qilganlar jazolandi

Sud-huquq tizimi isloh qilinayotgani haqidagi ura-urachilikning yangi to‘lqini ko‘pchigan shu kunlarda «XXI asr» gazetasi yana bir mavzuni ko‘targanki, sohadagi eng katta muammolardan biri yalt etib ko‘zga tashlangan.

«Farg‘onada «jinoyat quroli», Samarqand va Qashqadaryoda «ashyoviy dalil»mi? sarlavhali bu maqolaning mazmunidan ma'lum bo‘ladiki, bir guruh firibgarlar mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan mashinalar olib kirib, ularni fuqarolarga pullagan.

Firibgarlik fosh etilib, Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryoda sud jarayonlari bo‘lib o‘tgan.

E'tiborlisi shundaki, Samarqand va Qashqadaryoda bu firibgarlikni ko‘rib chiqqan sudlar davlat notarial idoralari tomonidan rasmiylashtirilgan mashinalarni ularni qonuniy yo‘l bilan sotib olgan egalariga qaytarib berish haqida hukm chiqargan.

Farg‘ona sudi esa xuddi shu mazmundagi ish yuzasidan firibgarlardan qonuniy yo‘l bilan mashina xarid qilgan 18 jabrdiydani qon yig‘latib, mulkini musodara qilish qaroriga kelgan.

Bir xil ish yuzasidan ikki xil hukm chiqaradigan sudlarning hukmlari nimadan darak beradi?

Balki sudlarning qonunga emas, boshqa manfaatlarga asoslanishidan darak emasmi bu?

Maqola muallifi ham shunga ishora berishga uringan shekilli: «18 nafar jabrdiydaning yemagan somsaga to‘lagan pullarini qaytarish – mo‘'jiza bilan barobar», deya xulosa qiladi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 mart 2022
Bugun @eltuz O‘zbekiston Davlat Bojxona Qo‘mitasi rahbariyati ishi yuzasidan surishtiruv olib borilayotgani haqida xabar bergan edi. Surishtiruvlar  nihoyalab qolgan ...
25 aprel 2020
So‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotda keng aks sado berayotgan, mamlakatga milliardlab dollar xorijiy investitsiyani jalb etayotgan islohotlar o‘tkazish yo‘liga kirdi. ...
4 may 2021
Bugun «Sattoriy ishi» bo‘yicha ayblanuvchiga 5 ta ish bo‘yicha ayblov qo‘yilganini bildirilib, unga 11 yil qamoq jazosi berish so‘raldi. ...
15 dekabr 2016
G‘arb davlatlari boshlagan 850 million dollar korruptsiya ishining asosiy figurantlaridan biri sanalgan Abdulla Oripov 14 dekabr kuni Bosh vazir ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...