Dayjest
13 aprel 2017

«Minnatdor» qariyalar va prezident fe'liga moslashayotgan so‘rov markazi

«Oila va jamiyat» gazetasi (12.04) prezidentning pensionerlarga metroda yurishni (10.00 dan 16.00 gacha) tekin qilib qo‘yganidan «minnatdor» keksalarning «katta mamnuniyat»ga to‘la dil izhorlarini e'lon qildi.

Mana shunday «e'tibor va e'zoz»dan xursand keksalar «dunyoning hech bir mamlakatida yo‘q bunday imkoniyat» uchun prezident haqiga duolar qilibdi.

Marhum prezident Karimov agar shunday imtiyoz berganda-ku, bu duogo‘y qariyalar boriga baraka deb qanoatlangan bo‘lardi.

Ammo yangi prezidentning «xalq bilan muloqot inson manfaatlariga katta e'tiboridan» sal erkinsirab ketgan shekilli, tekin yurish vaqtini qayta ko‘rib chiqish taklifini o‘rtaga tashlagani sal «noshukrchilik»dek tuyuladi.

Shuningdek, gazetada «Ijtimoiy fikr» markazining davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va oshkoraligi bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovi xulosalari e'lon qilindi.

Ishtirokchilar hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari faoliyatining ochiqligini turlicha baholabdi.

«40,7 foiz respondent barcha ma'lumotlarni ochiq va yetarli, deb baholagan. 33,9 foizi hamma fuqarolar uchun ham ma'lumotlar oshkora emas, deb hisoblaydi», deyiladi markaz xulosasida.

Keltirilgan raqamlarda avvalgidek qariyb yuz foizlik ijobiy xulosalar yo‘qligi e'tiborni tortadi.

Bu xulosalar mazkur markaz ham yangi prezidentning «fe'liga» moslashishga intilayotganidan darak berib turibdi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 iyun 2020
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiy sayti 8 iyun kuni “Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi mualliflarining DAN xodimlaridan kechirim so‘ragani aks ...
13 iyun 2019
Andijon shahri 2-tug‘ruqxonasi farroshi 33 yashar Odinaxon Ergasheva 9 iyun kuni ichki ishlar xodimlari uni telefon o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, ...
13 iyul 2020
O‘tmish tozalab qo‘yilgan. Ëlg‘on esa haqiqat deya bizga taqdim qilinmoqda. Bu gapni yozuvchi Jorj Oruell bundan 70 yil oldin ...
15 oktyabr 2019
Eltuz nashri «Yozarning sasi» ruknida o‘zbekistonlik taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva fikrlarini e'tiboringizga taqdim etadi: «Gorbachyovning oshkoralik siyosati barchamizning ko‘zimizni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...