Sas
4 noyabr 2015

Muxlislarni lol qilgan ashula

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Abdulaziz Karimning yangi “G‘arib og‘och” ashulasini tinglarkan qandaydir kayfiyat meni hech tark etmadi, na qo‘lim ishga bordi, na yozishga. Kun bo‘yi takror va takror tingladim. Bugun sal o‘zimga keldim

Ayni paytda esa feysbukdagi guruhlarda ashula qizg‘in gap so‘zlarni ham qo‘zg‘ay boshladi. Buning bir sababi ashulaning Muhammad Solih she'riga bastalanganida.

“Albatta ashulamning yaxshi chiqishiga asosiy sabab matn bo‘ldi. Solih aka masallig‘ini berdilar, men esa pishirib berdim holos”, – deydi men bilan suhbatda xonanda oddiygina qilib.

Abdulaziz Karim qo‘shiq chiqishidan o‘n kun ilgari bu haqda feysbukdagi sahifasida xabar qoldirgan va uning yaqin muxlislari buni shodlik izhorlari bilan qarshilagandi.

Bugun esa ular ham qo‘shiqni eshitib tom ma'noda “lol” qolishdi – she'r matni muallifi kim ekanligini bilishganlaridan so‘ng…

“O‘zbekistondagilar qo‘shiqni eshitib jiiiiim bulib o‘tirishibdi. Nechtasi bugunning o‘zida meni do‘stlar safidan o‘chirib yuboribdi”, – deya yozadi xonanda menga yozgan chatida.

Lekin hamma ham ashulani jimgina tinglab o‘tirishgani yo‘q, ayniqsa ilgari xonandaga muxlis bo‘lmaganlar.

“Ajoyib! Bo‘lar ekanu. Abulaziz Karimga ijodiy barkamollik tilayman!”

“Bu she'r huddi Abdulaziz Karim ijro etishiga bag‘ishlab yozilganday, ajoyib! Maza qilib tinglayapman!”

“Gap yo‘q! Yaxshi kompozitsiya!!!”

“Xofizlardan chiqqan xalqparvar ekansiz. Ijodingizga parvozlar tilayman”

Bular sotsial tarmoqlardagi maqtovlarning bir qismi.

Biroq, ashulachiga zahrini sochishga tayyorlar ham anchagina ekan.

Kimlardir xonandaning bir vaqtlar o‘zbek mafiyasi yonida bo‘lganiyu, endi muxolifat lideri atrofida paydo bo‘lganini kinoya ostiga oladi, boshqasi esa qo‘shiq qiymatini pulga chaqib, “Bir tiyinga qimmat” deyishdan nariga o‘ta olmaydi.

Boshqa birovlar esa shunchaki Abdulazizdan mutlaqo boshqacha qo‘shiq kutganini bildiradi.

“Menga yoqmadi. Bu men sevib o‘qiydigan she'r edi. Bir yil ichida shu qo‘shiqni boshqacha qilib tayyorlayman”, – deya yozadi yana bir feysbukdosh.

Xullas ashula Muhammad Solih ijodini, hayotini va uning siyosatini chuqur bilgan, yuzaki bilgan va mutlaqo bilmagan odamlarda turlicha taassurot uyg‘otmoqda.

Masalan o‘zim bu she'rni ashula janrida tasavvur qilmaganman, uni og‘ir rok janriga yaqin ohangda ijro etish mumkin deb o‘ylaganman, boshqa do‘stlarimiz esa siyosiy marsh yoki boshqa ohanglarda tasavvur qilishgan.

She'r o‘z ichki ohanglariga ega, har kim uni o‘z botiniy ohangida o‘qiydi, meni lol qoldirgan narsa esa Abdulaziz ijrosida yangi ohangning topilgani, uning hech kim kutmagan shaklda yangraganidadir.

Bir zamonlar Muhammad Solih she'rlarini hech kim tushunmagani kabi, buni tushunish qiyin, biroq endi bu ohanglarni tinglash mumkin…

Ba'zan ko‘zda yosh bilan… men kabi.

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2024
Stokgolm shahrida Shvetsiyaning “Solidariska byggare” (Quruvchilar birdamligi) kasaba uyushmasi o‘zbek mehnat muhojirlari uchun doimiy uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Bu uchrashuvlardan ...
19 noyabr 2021
Toki tashqarida qor yog‘ar ekan, Qiyin o‘zga so‘zni yozmoq. Qorga qarab turib shunchaki, Mumkin emas aqldan ozmoq. Toki aylanarkan ...
17 may 2017
Andijon viloyati Shahrixon shahri va tumanida 15 may kuni yuzlab bemorlar zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ozodlik radiosi ma'lumotiga ...
1 iyul 2023
«Eltuz» jamoasi 1 iyuldan 30 kunlik mehnat ta'tiliga chiqadi. Ta'tildan keyin siz, aziz do‘stlar, ko‘zlari intizor singillar, mehribon opajonlar, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...