Asosiy mavzular
10 may 2023

10 may – o‘zbek kinosi darg‘asi Yo‘ldosh A'zamov tug‘ilgan kun

O‘zbek badiiy kinosiga asos solgan Yo‘ldosh A'zamov 1909 yilning 10 mayida Sirdaryoda tug‘ildi.

Yo‘ldosh A'zamov «Sovkino», «Vostokkino», «O‘zbekfilm»larda ishladi, aktyor sifatida Yu.Rayzmanning «Yer chanqog‘i» (1930), N.G‘anievaning «Yuksalish» (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratdi.

1945 yili u «Tohir va Zuhra» (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissyor bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar («Xalq qizlari», «Toshkent MYeSi») ishladi.

1934 yili birinchi mustaqil badiiy filmi – «Qilich»ni yaratdi.

Toshkentdagi Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor sifatida bir qancha pesalarni sahnalashtirgan.

A'zamov kinorejissyor sifatida «Gulbahor» (1956), «Maftuningman» (1958), «Furqat» (1959), «Istiqbol yo‘li» (1961), «Oydin sahifa» (1965), «Sayyod qo‘ng‘irog‘i» (1966), «O‘tkan kunlar» (1969), «Olovli so‘qmoqlar» (1971), «Mehrobdan chayon» («Zulmatni tark etib», 1973), «Odamlar tashvishida» (1976), «Ota nasihati» (1979), «Katta va qisqa hayot» (1981), «Parol», «Regina» mehmonxonasi» (3.Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

A'zamov ijodida o‘zbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda ko‘rsatishga intilish ko‘proq seziladi.

Aktyorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon harakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissyor ijodiga xos.

Yo‘ldosh A'zamov 1985 yilning 16 iyunida 76 yoshida vafot etdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 may 2023
1881 yilning 6 mayida Mixail Skobelev boshchiligidagi rus kolonizatorlari Xiva xonligiga qarashli Axaltaka viloyatini okkupatsiya qilishdi. Bu Go‘ktepa jangida ...
12 fevral 2021
Baxtibek to‘rt marta uylangan va har bir xotinidan ikkitadan farzandi bor. U allaqachon hech qaysi xotini bilan yashamaydi. Chamamda ...
9 yanvar 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham ...
19 fevral 2019
Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...