Asosiy mavzular
11 iyul 2019

«Vatan juda ketdi torayib, mardu maydonsiz»

Gulchehra Nurillaeva 1938 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 15 dan ortiq she'riy kitoblar muallifi. «To‘maris» xotin-qizlar harakatining asoschilaridan biri.

«Eltuz» «Ozodlik ohanglari» audioto‘plamiga kirgan she'rlarni taqdim etishda davom etadi. 2007 yili Soros jamg‘armasi tomonidan Londonda chop etilgan bu kitobga o‘z yurtida aksar taqiqlangan turfa shoirlarning ijtimoiy she'rlari o‘rin olgan.

Vatan juda ketdi torayib,
Mardu maydonsiz, ahli iymonsiz,
Taxtdan zabonsiz, va yana kurmaklar bois,
Hadeb chopaverar ko‘ppaklar bois,

Vatan juda ketdi kengayib,
Yolg‘onlar bilan,
Armonlar bilan,
Nolonlar bilan
Va yana
Qulliklar bilan,
Bizlar hech kutmagan Pulliklar bilan.


Taqdir sudraladi, shoshmaydi taqdir,
Sitam so‘qmoqlari uzundan-uzun.
Donishmand so‘zlari ehtimol, haqdir,
Qandayin xalq bo‘lsa, o‘shanday tizim.

Ko‘raverib bo‘ldi xayollarim talx,
Odamxo‘r, firibgar, yuho kaslarni.
So‘ramay haddim yo‘q, onajonim, xalq,,
Qachon tug‘aqolding bunday pastlarni?!

Qachon tug‘aqolding otabezori,
Onabezorilar sulolasini?
Haromi kimsalar makri, ozori
Yurtning bulg‘adi-ku piyolasini.

Shu bois bizlardan yuz burmish baror,
Shu bois Hurriyat ochmagay tal'at.
Shikasta Vatanning koriga yarar
Alplar o‘stirmagan ayolga la'nat!

Gulchehra Nurillaeva
«Ozodlik ohanglari»

Tag‘in o‘qing
12 fevral 2020
Toshkent harbiy mahkamasi sobiq mulozim Rafiq Sayfulin va O‘zbekiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshqarma boshlig‘i Akbar Yorboboevni davlatga xoinlik ...
1 may 2018
Amerika, Yevropa, umuman, taraqqiy etgan mamlakatlarda “xalq artisti” yoki “..xizmat ko‘rsatgan” degan unvonning o‘zi yo‘q. Amerika prezidenti Donald Tramp ...
16 avgust 2022
Eltuz muxbirining yozishicha, dushanba kuni tushlik paytida Toshkentning Yunusobot tumani IIB yonida katta tezlikda Jentra avtomashinasini boshqarib borayotgan shaxs ...
28 dekabr 2018
Yangi yil arafasi uyma-uy yurib rizqini terayotgan Qorbobolar shu kunlarda boy xonadonlarni ilinj bilan izlashadi. Biroq erka bolakaylarning boy ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...